Hozirgi kunda internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab kishilar shaxsiy hayotlariga oid rasmlarni muntazam qoʻyib boradilar. Ana shunday insonlarga murojaat qilib aytmoqchimiz:
- Koʻrdik, anvoyi taomlar yebsiz. Ularning suratini sahifangizga joylabsiz. Qancha insonlar bir burda nonga zor.
- Uyingiz hashamatli ekan. Qancha insonlarning oʻz uyi yoʻq, qanchasi esa ijara haqini toʻlolmayapti.
- Farzandlaringiz bor va bir-biridan shirin ekan. Qancha insonlar tirnoqqa zor.
- Oilangiz tinch-totuv ekan. Qanchalab oilalarda xotirjamlik yoʻq.
- Oilangiz va doʻstlaringiz bilan dam olgani Dubayga, Turkiyaga, Chimyonga boribsiz. Qancha insonlar yetishmovchilik, muammo va qarzlari koʻpligidan oʻz uyida koʻziga uyqu kelmaydi.
- Yaxshi daromadli ishingiz bor ekan. Qancha odamlar mehnatga, ishga zor.
- Soʻnggi rusumda mashinangiz bor ekan. Shunday insonlar borki, avtobus, taksiga ketadigan pulni tejash uchun sovuq kunlarda ham velosipedda yuradi.
Doʻstim va singlim! Koʻz tegishidan qoʻrqing! Zero, Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Koʻz tegishi haqdir” deganlar. Agar koʻz tegishidan qoʻrqmasangiz, hech boʻlmasa, uy, farzand va moddiy imkoniyat jihatidan sizdan nochorroq boʻlgan insonlarning qalblarini, tuygʻularini hisobga oling! Sizning rasmlaringizni koʻrganda qanday ahvolga tushishlarini koʻz oldingizga keltiring!
Hamma narsangizni selfi qilib, tarmoqqa joylayvermang!
Manba: muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi