Hamma bolalar isteʼdodli boʻlib tugʻiladi va yangi narsalarni oʻrganishni yaxshi koʻradi. Kichkintoy toʻgʻri rivojlanishi, yangi bilimlarni oʻzlashtirishi va maktabda yaxshi oʻqishi uchun unga toʻgʻri yondashish kerak.
Dunyo haqidagi bilimlarni inson sezgi organlari yordamida oladi – koʻradi, eshitadi, his qiladi. Ehtimol sizga maʼlumdir, odamlar uch xil boʻladi: vizual (koʻz orqali idrok qilish qobiliyati rivojlangan), audial (eshitish orqali idrok qilish qobiliyati rivojlangan), kinestetik (ushlab koʻrib idrok qilish qobiliyati rivojlangan). Har birimizda bularning uchalasi ham boʻladi, ammo faqat bittasi yetakchi hisoblanadi.
Farzandingiz bilan samarali ishlash uchun u ushbu uch toifadan qaysiga mansubligini bilib olishingiz kerak.
Vizualni qanday aniqlash mumkin?
- Yuqorida aytilganiday vizuallar olamni koʻrish orqali idrok qiladigan odamlardir.
- Vizuallar nutqida olamni koʻrib idrok etish bilan bogʻliq soʻzlarni (koʻrish, kuzatish, bir qaraganda, koʻrganingizday), shuningdek narsaning tashqi belgilarini tavsiflovchi sifatlarni (yorqin, shaffof, katta va h.) koʻp ishlatadi. Boladan biron-bir voqeani, masalan, dengizga sayohatini tasvirlab berishni soʻrang. Vizual dengiz koʻm-koʻk, quyosh sariq edi deydi, suv yuzidagi shuʼlalarni va boshqa manzaralarni eslaydi.
- Audial chaykalarning qichqirigʻi, toʻlqinlarning shovullashi haqida, kinestetik esa iliq qum va yoqimli toʻlqinlar haqida gapirib beradi.
- Kichkintoy goʻdakligidanoq bir joyda oʻtirib nimanidir uzoq vaqt tomosha qilishi mumkin. Eng muhimi, onasiga koʻzi tushib tursa bas. Odatda vizuallar alohida uxlashga oson koʻnikib ketishadi.
- Bolaning koʻz xotirasi yaxshi boʻladi, mayda-chuyda detallargacha payqay oladi.
- Odatda muloqot payti vizuallarning nigohi salgina yuqoriga qaratilgan boʻladi.
- Maktabda uyga berilgan vazifalarni doskadan koʻchirib olishga harakat qiladi. Keyinchalik birovlardan soʻrab yurgandan koʻra hozir yozib olganim maʼqul deb oʻylaydi.
- Tanaffus payti bunday bolalar koʻpincha sinfxonada qolishadi. Koridorga chiqqan taqdirda ham gʻala-gʻovurga aralashmay, boshqa bolalarni kuzatishni afzal koʻradi.
Axborotni vizualga qanday yetkazish mumkin?
Albatta rasmlar yordamida. Masalan, bolaga shirinliklar tishni zararlaydi, shuning uchun ertalablari tishni yaxshilab yuvish kerak deyishingiz mumkin. Lekin unga shirinliklar tufayli qurt yeb qoʻygan tishlarni koʻrsatmaguningizcha u aytganlaringizni jiddiy qabul qilmaydi.
Bola bilan uning “tilida” gaplashishingiz kerak. Masalan, uning qiliqlaridan noroziligingizni barmogʻingizni nuqib yoki boshingizni chayqab bildiring.
Bola bilan gaplashganda predmetning tashqi belgilarini, uning qanday joylashganini tavsiflovchi soʻzlarni ishlating.
Bola yaxshi oʻqib-oʻrganishi uchun jadvallar va boshqa koʻrgazmali qurollardan foydalaning, matndagi eng muhim joylarni boʻyab qoʻying.
Darsda yoki uyga berilgan vazifani bajarayotganda vizual bola rasm, chizma, sxemalarni chiza olishi uchun uning oldida doim bir varaq qogʻoz turishi kerak, bu unga materialni yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi.
Aytganday, vaqt oʻtishi bilan idrok qilish tarzi oʻzgarishi mumkin. Maktabga borguncha bolalar dunyoni asosan ushlab koʻrish orqali idrok qiladi, yaʼni kinestetik boʻladi. Ulgʻaygachgina vizual va audialga aylanadilar.
Manba: minbar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi