Ertalabki nonushtaga oqilona yondoshish orqali kun davomida bardam va tetik yura olish imkonimiz oshadi. Toʻgʻri tanlangan nonushta uyquchanlik va apatiyani yoʻq qiladi, sogʻliq va kayfiyatni yaxshilab, vaznni bir xil saqlashga va kun davomida ishtahani kamayishiga yordam beradi. Qon tarkibini yaxshilaydi. Ayniqsa, yurak xuruji va qon tomirlari trombotsitlari xavfini, zararli xolesterin birikmalarining miqdorini kamaytiradi. Nonushtani kanda qilmaydigan odamlarda yuqori intellekt va diqqat-eʼtibor kuchli boʻladi.
Shuningdek, muntazam ravishda toʻgʻri nonushta qiladigan insonlar oʻt pufagi, diabet, ateroskleroz va yuqori qon bosimidan kamdan kam xolatlardagina aziyat chekishadi.
Terapevt Vyacheslav Yankovskiyning aytishicha, barchaga birdek mos keladigan universal nonushta yoʻq. Bu har bir kishining organizmiga bogʻliq.
Agar odamda yuqori kislotalik va intensiv hazm qilish holati boʻlsa, unda yaxshi nonushta qilgani, aksincha, past darajali kislota va kam ovqat hazm qiladigan kishi yengilroq nonushta qilgani maʼqul. Albatta, ovqat hazm qilish sistemasining qay darajada ekanligini faqat tekshiruvlar orqali aniqlash mumkin. Biroq qoida tariqasida juda tez och qoladigan va uyqudan och holda uygʻonadigan odamlarda kislota yuqori, ertalabki 10-11 gacha ochlik sezmaydiganlarda esa past kislotalilik kuzatiladi.
Kunni bir stakan iliq suv ichish bilan boshlagan maʼqul, keyin 10-15 daqiqa yengil mashq qilish va kontrast dush olish koni foyda. Shundan soʻng nonushta qilishingiz maqsadga muvofiq.
Nonushtaga nima yeyish kerak?
Tuxum, tovuq goʻshti, javdari undan qilingan non va non mahsulotlari. Asal (charchoq va stressni bartaraf etishga yordam beruvchi foydali uglevodlar, antiseptik moddalarning asosiy manbaidir). Pishloq (oqsil va kalsiyning ideal kombinatsiyasi). Boʻtqalar (bir necha soat davomida organizmni toʻliq energiya bilan taʼminlovchi “sekin” uglevodlar hisoblanadi). Qatiq va koʻk choy.
Tuxum! Tarkibidagi Ye, A, D vitaminlaridan tashqari fosfor, temir va oltingugurt sababli tuxum noyob mahsulot sanaladi. Tuxum sarigʻi inson uchun zarur boʻlgan barcha mikroelementlarni oʻz ichiga oladi. Shu sababli ertalab har qanday shaklda tuxum isteʼmol qilish mumkin.
Koʻkatlar va pomidor bilan tayyorlangan omlet bilan esa siz judayam foydali nonushtaga ega boʻlasiz. Tovaga yogʻ qoʻshishdan saqlangan maʼqul, omletni qovurmang, uni pishiring.
Suli yormasi! Suli yormasi (ovsyanka) har qanday organizmga toʻgʻri kelganligi sababli universal nonushta hisoblanadi. Tarkibi Ye, V, A vitaminlari fosfor, kalsiy, yod, kaliy, magniyga boy. Suli yormasi oshqozonni yogʻ moyi va zararli taʼsirlardan himoya qiladi, shlak va toksinlarni olib tashlaydi, yengil hazmni taʼminlaydi. Vitamin va minerallarga boy boʻlib, kattalar va bolalarga birdek foydali. Kun davomida organizmga zarur energiya yetkazib turadi. Sulini sut yoki suvga pishirsa boʻladi, diyetadagilarga suvga pishirgan maʼqulroq. Turli shaklda diversifikatsiya qilish uchun quritilgan yoki yangi mevalar, yongʻoq va biroz mayiz qoʻshish kerak. Shakarning oʻrniga asaldan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tvorog! Tvorog oshqozonda kislota yuqori darajada boʻlgan odamlarga mos keladi. Chunki saqlash vaqtida potensial ravishda oshqozonni izdan chiqaradigan bakteriyalar paydo boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, turli xil qayta ishlangan tvoroglar, glazurli pishloqlar yoki tayyor pishiriqlar tarkibiga qoʻshilganlari tarkibida koʻp shakar va konservantlar borligi sababli tavsiya qilinmaydi. Biroq, hech qanday qoʻshimchalarsiz tabiiy pishloq juda foydali. U kalsiy, fosfor, koʻp miqdorda protein va vitamin V guruhini oʻz ichiga oladi. Uni asal va mevalar bilan aralashtirish mumkin. Tvorog kalsiyga boy, tish, suyak, tirnoq va sochni mustahkamlaydi. Shuningdek, uning tarkibidagi koʻplab boshqa vitaminlar, minerallar va aminokislotalar hayotiy faollikni oshiradi va organizmga energiya beradi. Ayniqsa, ayollar uchun juda foydali, terini tiniqlashtirib, yoshlikni saqlab qolishda yordam beradi.
Sandvichlar! Bugʻdoy noni, sabzavotlar, qattiq yogʻli pishloq va qaynatilgan goʻsht bilan tayyorlangan sogʻlom sandvichlar nafaqat mazali balki foydali hamdir. Sosiska, margarin yoki mayonez bilan tayyorlangan sandvichlarni nafaqat ertalab, balki kun davomida ham isteʼmol qilmagan maʼqul. bu mahsulotlarda koʻplab konservantlar mavjud, kaloriya juda yuqori va hazmi qiyin.
Sutli grechka boʻtqasi! Judayam foydali kombinatsiya, koʻplab vitaminlar mikroelementlarni oʻz ichiga oladi, bunday nonushta bolalar uchun juda foydali. Shakar oʻrniga asaldan foydalangan maʼqul, meva va yongʻoqni xohlagancha qoʻshishingiz mumkin. Ichimlikka kelsak, achchiq boʻlmagan koʻk yoki qora choy, yangi siqilgan sharbat, quruq mevalardan tayyorlangan sharbatlar.
Nonushtaga isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan mahsulotlar
1) Xamirturushli nonlar, pishiriqlar. Ular oshqozonni shishiradi va apatiyani chaqiradi, qorinda oʻzimizga yoqimsiz boʻlgan gaz yigʻilishi sabab boʻladi. Konservalangan mahsulotlar, kopchenkalar, shirinliklar va shakarli choy. Ertalab ham, boshqa paytda ham sigaret va spirtli ichimliklar umuman mumkin emas.
2) Kofein oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi, bu oshqozon suvi ishlab chiqilishi va ochlik his qilinishiga olib keladi. Har kun ertalab och qoringa bir chashka kahva isteʼmol qilish oshqozoningizga gastrit xavfini olib kelishi mumkin.
3) Mevalar. Albatta, ular foydali, ammo baʼzilari, masalan apelsin, nok, xurmo va banan kabilarini och qoringa yeb boʻlmaydi. Apelsin juda koʻp miqdorda kislotaga ega. Nokda esa qoʻpol tolalar (kletchatkalar) mavjud. Bananda esa koʻp miqdorda shakar bor, och ga judayam tez soʻriladi. Sitrus mevalarni och qoringa isteʼmol qilish allergik reaksiyalar yoki gastritni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari och qoringa yogurt isteʼmol qilmang, chunki barcha foydali bakteriyalar tezlik bilan soʻriladi. Yogurtni kechki ovqatdan soʻng, perekus sifatida isteʼmol qilgan maʼqul, ana shunda u hazm jarayonini yengillashtiradi. Tavsiya etilmaydigan mahsulotlar och qoringa umuman mumkinmas. Agar siz aynan oʻsha mahsulotlardan tiyila olmasangiz, u holda miqdorni kamaytiring, nonushtaga emas, balki tushlikka isteʼmol qilishga odatlaning.
Nonushta qilmaslik oqibatlari
Nonushta foydali va orzudagidek boʻlishi uchun birinchi navbatda ratsional ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish kerak.
Olimlarning taʼkidlashicha, ertalabki nonushtani rad etish taraqqiy etgan mamlakatlarda global semirishning asosiy sababidir. Nonushta qilmaydiganlar yiliga 3-5 kilogrammgacha vazn orttirishadi va 35-50 yoshga borib ularda semizlik bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻladi.
Nonushtani tashlab ketadigan erkaklarda yurak xuruji yoki koronar kasalligidan oʻlish xavfi 25 foizga yuqori
Nonushtadan voz kechgan 40 yoshgacha boʻlgan ayollar 5-20 kggacha ortiqcha vazn yigʻishadi.
Har ikkala jinsda ham xolelitiyaz xavfi ortadi. 2 turdagi diabetning rivojlanish ehtimoli oshadi. Ishchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyati pasayadi.
Agar siz nonushta qilishga odatlanmagan va endi boshlashga harakat qilayotgan boʻlsangiz. U holda yengil tamaddidan boshlang, kaloriyalar sonini asta sekin oshirib boring. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”