Garvard universiteti olimlari yuz mingdan ziyod kishini qamrab olgan keng miqyosli tadqiqot oʻtkazdilar va tarkibida shakar boʻlgan ichimliklarni isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklari hamda saratondan oʻlim holati xavfini oshirishini isbotladilar. Shu bilan birga, bir kunda shakar oʻrnini bosadigan moddaga ega ichimlikni toʻrt stakan yoki undan koʻproq isteʼmol qilish ayollarda oʻlim xavfi darajasini oshiradi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Mutaxassislar 1980-2014 yillarda 80 647 ayol va 1986-2014 yillarda 37 716 erkak kishi ishtirokida olingan maʼlumotlarni tahlil qilishdi. Koʻngillilar oʻz turmush tarzini baholash uchun soʻrovdan oʻtishdi, ularning salomatligi holati esa har ikki yilda aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, tarkibida shakar mavjud boʻlgan ichimliklarni bir oyda bir donadan toʻrt donagacha isteʼmol qilish erta oʻlim xavfini 1 foizga, haftada ikki donadan olti donagacha - 6 foizga, kuniga bir donadan ikki donagacha - 14 foizga, kuniga ikki dona yoki undan koʻproq ichish - 21 foizga oshiradi. Shu bilan birga, ichimliklar va oʻlim koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik ayollarda erkaklarga qaraganda koʻproq namoyon boʻlgan.
Erta oʻlimning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari boʻlib chiqdi. Shirin ichimliklarni koʻp isteʼmol qilganlarda bunday yakunning yuzaga kelish ehtimoli 31 foizni tashkil etdi. Har bir qoʻshimcha ichimlik xavfni yana 10 foizga oshirgan. Tarkibida shakar boʻlgan ichimliklarni shakar oʻrnini bosuvchi moddalarga ega ichimliklarga almashtirish oʻlim xavfini sezilarli darajada qisqartirgan, ammo ularning haddan ortiq isteʼmoli (kuniga toʻrt marta) hayot davomiyligining pasayishiga ham olib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi