13:55 / 16.10.2019
11 990

Psixologik test: o‘zingiz haqingizda bilmaganlaringizni bilib oling

Psixologik test: o‘zingiz haqingizda bilmaganlaringizni bilib oling
Ushbu ko‘zlardan birini o‘ylamasdan tanlang. O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Javoblar:

1. Siz hayotingiz va yuragingizga har qanday narsani sig‘dira olasiz. Siz odamlarga ishonishdan ko‘ra tavakkal qilish va undan pand yeyish yaxshiroq deb hisoblaysiz. Siz hech kimga o‘zingizning qo‘rquvingiz va ishonchsizligingizni ko‘rsatmaysiz. Siz hamma o‘z muammosini o‘zi yechishi kerak deb o‘ylaysiz, lekin o‘zingizning ahvolingiz og‘ir bo‘lsa ham boshqalarga boringizni berasiz. Boshqalarga yordam berib, o‘z yaralaringizni tuzatasiz.

2. Siz doim yaxshi taassurot qoldirishga urinuvchi va to‘g‘ri harakat qilishga intiluvchi tipidagi insonsiz. Siz harakatlaringizni boshqalar hayoti uchun ahamiyatga egaligiga ishonasiz. Boshqalarga o‘z xavotirlaringiz va xafaligingizni ko‘rsatmaysiz. Eng yaxshisi bo‘lishga intilasiz, ammo bu siz uchun kamdek tuyulaveradi.

3. Siz qayerda mumkin bo‘lsa, o‘z dunyoingizni topishga intilasiz. O‘zingizni mana shu mavjud chalkash olamdan izlang. Siz o‘zgalarga o‘z negativ fikrlaringizni ko‘rsatmaysiz. Ko‘p narsani boshdan kechirgansiz. Siz chilparchin bo‘lgan holatingizdan o‘zingizni "yig‘uvchi" obrazida yashaysiz.

4. Siz hamma narsani o‘ylab topishni xush ko‘rasiz. Hamma narsaning chuqur va sirli ma’nosini topishga intilasiz. O‘z xayollaringizga shunchalik berilasizki, gohida ortga ham qaytolmaysiz. O‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlikni berkitishga urinasiz. Har qanday holatda qaror qabul qila olasiz, lekin ishonchsizlik tufayli to‘xtaysiz. Hayotni jumboq deb hisoblaysiz, bunda barcha o‘yinlarni o‘ynamaguningizgacha javobini topolmaysiz.

5. Siz hatto o‘zingiz uchun ham jumboqsiz. Sizni kimdir tushunmoqchi bo‘lsa, omadini bersin. O‘z kayfiyatingizni juda oson o‘zgartirasiz. Siz o‘zingizni tezda o‘zgartirish va yana topish uchun izlanishingizga to‘g‘ri keladi. O‘z harakatlaringizda o‘zgalarni ham ikkilantiruvchi va o‘z so‘zida turishda qiynaluvchi insonsiz. Insonlar bilan muloqotga kirishishdan oldin ularni obdon kuzatasiz. O‘z fikringizga qattiq ishonsangizgina uni boshqalar bilan bo‘lishasiz.

6. Siz hamma narsani sezuvchi va unutmaydigan insonsiz. Juda ta’sirchansiz. Arzimagan narsalar ham sizni qattiq hayajonlantiradi. Sizni kuldirish ham, yig‘latish ham oson. O‘z tortinchoqligingizni namoyon qilib qo‘yasiz. Kelajakda sizni nima kutayotganligini oldindan ko‘ra olasiz.

7. Siz doim energiyaga boysiz. Doim sevib yashaysiz. Juda kirishimlisiz. Siz yoki sevasiz, yoki nafratlanasiz. Sizda tonnalab va undan ham ko‘proq fikrlar bor. Siz tez qaror qabul qilasiz. Energiyangiz yuqoriligidan gohida asabiy holatda bo‘lasiz. Doim hamma narsani yuqori baholaysiz. O‘z miyangizda ro‘y beradigan drammalarni o‘zingiz ham to‘xtata olmaysiz.

8. Siz o‘ta qiziquvchan va ma’lum odatlarga ega insonsiz. Siz qonunlarni yoqtirmaysiz. Siz "nima bo‘lsa bo‘lsin, xohlaganimni qilaman", deydigalardansiz. Hammaga ochiqsiz, sizni o‘zgartirishga uringanlarning ustidan kulasiz. Siz o‘zingizni alohida, takrorlanmas insonlar tipidan bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rishlarini istaysiz.

9. Siz tushunuvchi insonsiz, o‘z ishoralaringiz va ovozingizda ko‘p narsalarni sezdirib qo‘yasiz. Sizni aldashsa ham tez sezasiz. Dunyoga nimani ko‘rsatishni xohlasangiz, shuni ko‘rsatasiz. Sizni boshqarayotganlarini juda tez sezasiz va boshqalarni ham boshqarishni bilasiz. Odatda esa bunga harakat qilmaysiz.
Gulhayo Ergasheva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixologik test: o‘zingiz haqingizda bilmaganlaringizni bilib oling