Mashhur aktyor Jan-Klod Van Damm rafiqasi Gledis Portuges bilan baxtli turmush qurgan, hozirda ular ikki farzandni tarbiyalamoqda. Lekin er-xotinning munosabatlarida juda koʻp qiyin daqiqalar boʻlgan, hatto ajralishgacha borishgan. Ammo sobiq turmush oʻrtoqlar tez orada ularning sevgisi har qanday toʻsiqlardan kuchliroq ekanini tushunishadi va yana turmush qurishadi.
Jan-Klod Van Dammning 5 nikohi
Mashhur aktyorning 4 ta xotini va 5 ta nikohi boʻlgan. Gap shundaki, u rafiqalaridan biriga ikki marta uylangan. Van Dammning Mariya Rodriges bilan birinchi nikohi 4 yil, Sintiya Derderyan bilan boʻlgan ikkinchi nikohi taxminan bir yil davom etgan.
Yulduzning uchinchi rafiqasi kulturist Gledis Portuges boʻldi. Ular 1987 yilda turmush qurishadi. Toʻrtinchi marta u model va aktrisa Darsi Laperga uylanadi. U bilan ham ajrashgandan soʻng, aktyor uchinchi xotini bilan yarashadi. 1999 yilda Jan-Klod va Gledis yana turmush qurishga qaror qiladi.
Jan-Klod Van Dammning uch nafar farzandi bor. Ikki oʻgʻlini Gledis Portuges, kichigini Darsi Laper dunyoga keltirgan.
Aktyor, jang san'ati ustasi va rejissyor Jan-Klod Van Damm va kulturist, fitnes-model hamda aktrisa Gledis Portuges darhol umumiy til topishgan
Shunday qilib, Gledis Portuges Jan-Klod Van Dammning uchinchi va beshinchi rafiqasiga aylanadi. Aktyorning oʻzi tan olganidek, Gledis uning haqiqiy muhabbati edi. Dastlab yoshlar sportga boʻlgan qiziqish tufayli umumiy til topishadi. Har qanday juftlik singari ular ham qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shu sababli bolalari tugʻilganidan koʻp oʻtmay, er-xotin ajralishadi. Jan-Klod boshqa ayol bilan baxtli boʻlishga urinib, qayta uylanadi, lekin bu nikoh uzoqqa bormaydi. Tez orada aktyor Gledis uning haqiqiy sevgisi ekanligini tushunadi va uning yoniga qaytadi.
15 yillik baxtli turmushdan soʻng, ular yana muammolarga duch kela boshlaydi
2015 yilda Gledis ajralish sababi ularning murosasiz kelishmovchiliklari ekanligini aytib, ikkinchi marta ajrashish uchun ariza beradi. Taxminan 2 oy oʻtgach, er-xotin ikkinchi marta yarashishga qaror qilishadi.
“Bizning oilamiz avvalgidek kuchli. Dunyoda ajralishlar juda koʻp va bu bolalarga yomon ta'sir qiladi”, deydi Jan-Klod Van Damm.
Ular bir-birlarini qanchalik sevishlarini va ajralish ular uchun ham, bolalari uchun ham juda ogʻir boʻlishini oʻz vaqtida tushunishadi.
“Er-xotin muammolarni birgalikda hal qilgani uchun ham er-xotin. Men oldin ham ajrashganman va bu jarayon bolalarga ham, ota-onalarga ham hech qanday naf keltirmaydi. Agar odamlar eski davrlardagidek bir-birlariga mehrli boʻlganida edi, nikohning qadri qaytib kelgan boʻlardi”, deya tan oladi aktyor yarashishga uchinchi marta urinib koʻrishga qaror qilganlaridan soʻng.
Undan faqat bolalar sabab birga qolishga qaror qilganliklarini soʻrashganda, u shunday javob beradi: “Yoʻq. Ajralish — shunchaki soʻz. Muhabbat esa ilohiy tuygʻu. Biz esa bir-birimizni sevamiz”. Jan-Klod Van Damm va Gledis Portuges haqiqiy tuygʻular har qanday toʻsiqlarni engib oʻtishini yana bir bor isbotladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar