Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchi bilan oʻyin oldidan qoʻlini siqib qoʻymagani koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Sportchi Vaishali bilan uchrashib, unga gul va shokolad sovgʻa qildi va shaxsan uzr soʻradi.
Ushbu hodisa Tata Steel Challengers 2025 musobaqasining 4-turida roʻy bergan edi. Odatga koʻra, shaxmatchilar qoʻl siqib oʻyinni boshlaydi. Ammo oʻzbekistonlik shaxmatchi Vaishaliga qoʻl uzatmagan edi.
Nodirbek ijtimoiy tarmoq orqali ham uning qoʻlini e'tiqodi sabab siqmagani, bu haqda sportchiga ertaroq ayta olmagani uchun uzr soʻragan edi.
Hindistonlik sportchi ham vaziyatni toʻgʻri qabul qilgani va oʻsha kuniyoq vaziyatni tushunganini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Challenger guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev (2659) 10-turda oq donalarda niderlandiyalik Benjamin Bok bilan murosaga keldi. Yakubboyev 3 gʻalaba, 4 durang va 3 magʻlubiyat bilan 5 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 9-pogʻonadan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar