Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻzi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ularga ishonib boʻlmasligiga ishontirdi, deydi iste'fodagi amerikalik polkovnik Lourens Uilkerson.
Bu haqda u YouTube'dagi Dialoguye Works kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi: “Biz Putinni biz mutlaqo ishonchsiz ekanligimizga, yolgʻonchi ekanligimizga ishontirdik".
Uilkerson NATOni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun ham tanqid qildi. U tinchlik muzokaralari boshlanishi uchun Vladimir Zelenskiyni hokimiyatdan chetlatishni taklif qildi.
Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl fikricha, Rossiya va AQSh oʻrtasidagi aloqalar prezidentlar Vladimir Putin va Donald Trampning qoʻl siqishidan ancha oldin boshlanishi kerak – bungacha ishonchni tiklash boʻyicha katta ishlarni amalga oshirish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar