20:20 / 30.01.2025
835

Oʻzbeklar doimiy yashash uchun qaysi davlatlarni tanlamoqda?

Oʻzbeklar doimiy yashash uchun qaysi davlatlarni tanlamoqda?
Oʻtgan yili 10 842 nafar oʻzbekistonlik xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun koʻchib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi ma'lum qildi.

Infografika: Statistika agentligi
2024 yilda Oʻzbekistondan chet elga koʻchib ketganlarning asosiy qismi Qozogʻiston (8 792 kishi) va Rossiyaga (1 601 kishi) borgan. Shu bilan birga, mamlakatni tark etganlar ulushi Janubiy Koreya (96 kishi), Qirgʻiziston (73 kishi), Turkmaniston (39 kishi) va boshqa mamlakatlar (241 kishi) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Taqqoslash uchun, 2023 yilda xorijga doimiy yashash maqsadida koʻchib ketgan oʻzbekistonliklar soni oʻtgan yildagidan sezilarli koʻp (17 336 kishi) boʻlgan. Jumladan, Qozogʻistonning oʻziga 14 051 kishi, Rossiyaga 2 670 kishi koʻchib ketgan.

Bundan 15 yil ilgari, ya'ni 2010 yilda Oʻzbekistondan xorijga 44 420 kishi, 2011 yilda 50 816 kishi, 2012 yilda 45 447 kishi koʻchib ketgan. 2015 yildan chetga koʻchish trendi sezilarli pasaya boshlagan (31 765 kishi koʻchgan).

Infografika: Statistika agentligi
2024 yilda Oʻzbekistonga xorijiy mamlakatlardan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni 2 229 kishini tashkil etgan. Shundan 813 nafari Rossiyadan, 539 nafari Qozogʻistondan boʻlgan. Shu bilan birga, mamlakatga Tojikistondan 241 kishi, Qirgʻizistondan 153 kishi doimiy yashash uchun koʻchgan.

Taqqoslash uchun, 2023 yilda respublikaga chet eldan 2 955 kishi koʻchib kelgandi. Shundan 1 175 nafari Rossiyadan, 726 nafari Qozogʻistondan boʻlgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston