01:13 / 31.01.2025
0

Chirchiq shahrida fuqaroning uyidagi narkolaboratoriya fosh qilindi (video)

Chirchiq shahrida fuqaroning uyidagi narkolaboratoriya fosh qilindi (video)
Toshkent shahat IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi dorilar savdosiga qarshi tezkor tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar davomida Uchtepa tumanida 25 yoshli shaxs qoʻlga olingan boʻlib, uning yonidan kuchli ta'sir qiluvchi dorilar va sintetik giyohvandlik vositalari topilgan. Shundan soʻng, tezkor xodimlar tomonidan ushbu moddalarning manbasini aniqlashga qaratilgan tadbir davom ettirilgan. Gumonlanuvchi dorilar va sintetik giyohvandlik vositalarini muqaddam sudlangan 34 yoshli Jasur ismli shaxsdan olgani aniqlangan.

Xodimlar tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahriga borilib, Jasurning yashash manzili xolislar ishtirokida koʻzdan kechrilganda, mazkur shaxs narkolaboratoriya tashkil etgani ma'lum boʻlgan. U erdan juda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tayyorlash uchun moʻljallangan 42 litr kimyoviy suyuqliklar, 42 gram giyohvandlik vositasi, 21 dona kuchli ta'sir qiluvchi dorilar hamda boshqa daliliy ashyolar topilgan.

Jasur bilan oʻtkazilgan surishtiruvlar natijasida, Hamid ismli shaxs ham qoʻlga olingan. U Chirchiq shahridagi yashash manzilida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari va kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni saqlab kelgan. Olingan daliliy ashyolar 435 gram giyohvandlik moddalari va 12 dona kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni tashkil qilmoqda.

Qayd etilishicha, 42 litr kimyoviy suyuqliklardan taxminan 10 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi tayyorlasa boʻladi. «Bu taxminan 20 mingdan ortiq insonni zaharlashi mumkin edi. Umumiy hisobda tezkor tadbirlar natijasida 813,7 ming dollarlik giyohvandlik moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi dorilar ushlab qolindi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat