
Qish faslining soʻnggi – fevral oyi yanvar oyiga nisbatan oʻrtacha 2-2,5 darajaga, togʻlarda 1-1,5 darajaga iliqroq boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet fevral oyi uchun ob-havo prognozida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib turadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.
Ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi. 6-7 fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududi boʻyicha birinchi oʻn kunlik oxirida asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda har oʻn kunlikda 2-3 kundan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilyapti.
Oʻzgidromet ma'lumotiga koʻra, 2004, 2016 va 2021 yillarning fevral oylari eng iliq oylar boʻlib, oʻrtacha oylik harorat iqlimiy me'yordan 3-6 darajaga yuqori boʻlgan. Ushbu yillarda eng iliq davrlarda havo harorati 22-27 daraja iliqqacha, janubda 28-30 daraja iliqqacha koʻtarilgan.
Shuningdek, 2008, 2012 va 2014 yillarning fevral oylarida eng sovuq ob-havo kuzatilgan boʻlib, bunda oʻrtacha oylik harorat me'yordan 4-8 darajaga past boʻlishi kuzatilgan. Respublika hududining katta qismida minimal havo harorati 12-17 daraja sovuqqacha, shimolda 24-29 daraja sovuqqacha pasaygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar