Shvetsiyaning Syodertele shahrida 2023 yilda Qur'onni bir necha bor yoqqani ortidan tanilgan iroqlik Salvan Momika otib ketildi. Bu haqda Svergies radio xabar berdi.
Hodisa 29 yanvar kuni yuz bergan, erkak TikTok’da jonli efir olib borayotgan paytda hujumga uchragan. Holat yuzasidan besh kishi hibsga olingan. Jinoyat sodir boʻlgan joy atrofi oʻrab olingan, koʻp qavatli uy atrofida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Foto: TT
Salvan Momika 2018 yilda Iroqdan Shvetsiyaga kelgan va 2021 yilda uch yillik yashash ruxsatnomasini olgan. 2024 yil yozida uning vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bir yilga uzaytirilgan. Shvetsiya prokuraturasi Momikaga “nafrat qoʻzgʻatish” moddasi boʻyicha ayblov qoʻygan. U 2023 yil yozida Stokgolmning toʻrt joyida Qur'onni yoqib yuborish bilan bogʻliq toʻrtta holat boʻyicha ayblangan. Iroq Shvetsiyadan Qur'onni yoqib yuborgan fuqarosini topshirishni talab qilgan.
Qur'on yoqilgani aks etgan kadrlar jinoiy qilmishlar dalili hisoblanadi. 30 yanvar kuni sud Momikaga qarshi hukm chiqarishi kerak edi. Ammo sud hukmini e'lon qilish kechiktirildi. Chunki “ayblanuvchilardan birining oʻlimi tasdiqlangandi”.
2023 yil 28 iyun kuni Iyd al-Adha (Qurbon hayiti)ni nishonlayotgan paytda, Stokgolm markazidagi maydonda birinchi marta musulmonlarning muqaddas kitobi yoqib yuborildi. Shundan soʻng bir qator shunga oʻxshash harakatlar amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar