Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyati hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yoʻlining 1000-kilometrida 30 yanvar kuni soat 13:30 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yoʻlovchi tashuvchi avtobus hamda yoʻllarni tozalash uchun moʻljallangan maxsus transport vositasi toʻqnashgan.
Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yoʻlovchi tashuvchi avtobus oʻzidan oldinda ketayotgan, yoʻllarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasiga urilgan.
Foto: Videodan kadr
Hodisa oqibatida haydovchilar va avtobus yoʻlovchilariga jiddiy jarohat etmagan. Uch nafar fuqaroga esa birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatildi.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar