date
views 24 338

Mayizning koʻpchilikka ma'lum boʻlmagan 7 ta foydali xususiyati

Mayizning koʻpchilikka ma'lum boʻlmagan 7 ta foydali xususiyati
Sogʻlom turmush tarzi tarafdorlari har doim ekologik toza va tabiiy mahsulotlarga e'tibor qaratadi. Qora, qizil va sariq mayiz shunday mahsulotlardan biri boʻlib, u nafaqat mazasi bilan, balki salomatlik uchun koʻplab foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada siz mayizning foydalari, uning tarkibidagi noyob moddalar va organizmga koʻrsatadigan ta'siri haqida bilib olasiz.

Foydali moddalar va antioksidantlar

Mayiz uglevod, oʻsimlik tolalari, kaliy, magniy va temir kabi foydali moddalarga boy. Chorak stakan mayizda taxminan 125 kilokaloriya, 32 gramm uglevod, 2 gramm kletchatka va 1 gramm oqsil mavjud. Unda hech qanday yogʻ va xolesterin yoʻq. Mayizdagi fenollar kuchli antioksidant boʻlib, qand kasalligi, saraton va yurak kasalliklaridan himoya qiladi.

Mayizdagi kletchatka ichaklar faoliyatini yaxshilash, qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi va uzoq muddatga toʻq saqlaydi, shu tufayli mayiz ortiqcha vazndan xalos boʻlish harakatida parhez tutayotgan shaxslar uchun mos keladi. Bundan tashqari resveratrol va flavonol kabi antioksidantlar yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi.

Yurak va qon tomir salomatligida oʻrni

Tadqiqotlarga koʻra, muntazam mayiz iste'mol qilish qon bosimini pasaytirish, xolesterin darajasini kamaytirish va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini tushirishga yordam beradi. Mayizdagi kaliy qon bosimni me'yorda ushlaydi, oʻsimlik tolalari xolesterin zarralarining qon oqimiga kirishidan saqlaydi. Asosiysi, mayiz past glikemik indeksga ega mahsulot boʻlib, diabetiklar iste'moli uchun ruxsat etiladi.

Hazm tizimiga ta'siri

Mayizdagi prebiotiklar va fruktoligosaxaridlar ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantiradi. Ular ich qotishining oldini oladi, ichak faoliyatini yaxshilaydi va yoʻgʻon ichak saratoni xavfini kamaytiradi.

Mustahkam suyaklar

Mayiz bor, kaltsiy va magniy kabi suyaklar salomatligi uchun muhim elementlarni oʻz ichiga oladi. Ular suyak toʻqimalarini shakllantirish va minerallar zichligini me'yorda saqlash uchun muhim hisoblanadi.

Teri salomatligi

Mayizdagi polifenollar, terining elastikligini saqlab turish uchun zarur boʻlgan kollagen ishlab chiqarishga yordam beradi. Ushbu modda yalligʻlanishni kamaytiradi va terini ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, bu esa qarish jarayonini hamda teri kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Energiya va immunitet manbayi

Mayizda uglevodlar koʻpligi tufayli energiya va kuch beradigan mahsulotdir, shu sababli uni sportchilar tez-tez iste'mol iladi. Bundan tashqari, mayizdagi resveratrol nomli antioksidant immunitetni oshiradi va organizmning infektsiyalarga qarshi kurashishida koʻmaklashadi.

Kamqonlikda davo

Mayiz tarkibidagi temir anemiyaning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, mayizni temirga boy mahsulotlar bilan birgalikda iste'mol qilish gemoglobin darajasini koʻtaradi.

Mayizni qancha va qanday iste'mol qilish kerak?

Mayiz universal mahsulot boʻlib, uni turli boʻtqalarga, pishiriqlarga, salatlarga va hatto goʻshtli taomlariga qoʻshish yoki alohida yengil tamaddi sifatida iste'mol qilish mumkin.

Har qanday mahsulot kabi mayizda ham iste'mol me'yorlariga amal qilish muhim. Me'yorga e'tibor berish muhim: bir kishi uchun unlik portsiya taxminan 40 grammni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Mayizning koʻpchilikka ma'lum boʻlmagan 7 ta foydali xususiyati