Foto: Getty images
Yaponiyaning SoftBank korporatsiyasi amerikaning OpenAI startapiga 25 milliard dollargacha investitsiya kiritish niyatida. Bu haqda Financial Times va CNBC xabar tarqatdi.
FT’ning ta'kidlashicha, bunday sarmoya SoftBank’ni OpenAI’ning eng yirik moliyaviy sheriklaridan biriga aylantiradi. Shuningdek, SoftBank AQShning yangi prezidenti Donald Tramp tomonidan e'lon qilingan Stargate sun'iy intellekt loyihasi doirasida ham ishtirok etmoqda.
Mazkur loyiha «sun'iy intellektning yangi avlodini rivojlantirish» va katta ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, birinchi bosqichda unga 100 milliard dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan. Keyingi toʻrt yil ichida esa bu summa 500 milliard dollarga etkazilishi kutilmoqda.
SoftBank Stargate’ga 15 milliard dollardan ortiq mablagʻ kiritishni rejalashtirayotgani, shuningdek, OpenAI’ga ham 15-25 milliard dollar sarmoya kiritish yuzasidan muzokaralar olib borayotgani xabar qilinmoqda.
CNBC ma'lumotlariga koʻra, SoftBank avval ham OpenAI’ga sarmoya kiritgan, ammo kamroq miqdorda. Bungacha esa Microsoft OpenAI’ga 13 milliard dollar investitsiya kiritgan. ChatGPT ishga tushganidan beri kompaniya qiymati 157 milliard dollarga etgan.
Avvalroq, Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun'iy intellekt modelini taqdim etganidan soʻng, Nvidia, OpenAI, Microsoft va Google kabi yirik texnologik kompaniyalarning aktsiyalari narxi keskin pasaygan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar