20:48 / 30.01.2025
907

SSKA bosh shifokori Abbosbek Fayzullayev qachon safga qaytishini aytdi

SSKA bosh shifokori Abbosbek Fayzullayev qachon safga qaytishini aytdi
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev jarohat olgani sababli safdan chiqqan edi.

Aynan ushbu jarohati sababli Abbosbek Fayzullayev SSKAning "Ordabasi" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok eta olmadi.

Abbosbek Fayzullayevning bugungi kundagi holati haqida armiyachilar klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov quyidagilarni aytdi.

"Barchasi reja boʻyicha ketmoqda. Abbosbek Abu-Dabidagi klubning ikkinchi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini umumiy guruhda oʻtkazishi kerak edi. Shunday boʻldi ham. Hozir u umumiy guruh bilan birga mashgʻulotlarda qatnashmoqda va oʻzini yaxshi his qilyapti. Nasib qilsa, "Rostov"ga qarshi bahsda maydonga tushadi", - deb aytdi klub bosh shifokori.

Eslatib oʻtamiz, SSKA RPL Qishki kubogi doirasida "Rostov"ga qarshi ertaga kechqurun oʻyin oʻtkazadi.

Manba: bobsoccer.ru

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport