00:23 / 29.10.2019
3 919

Tushni unutib yuborishimizning sababi aniqlandi

Tushni unutib yuborishimizning sababi aniqlandi
Nega tushlarimizni unutib yuborishimizga hech qiziqqanmisiz?
Biz tushimizning ko‘p qismini uyqu siklining uchinchi bosqichida amalga oshiramiz, u tez ko‘z harakati (REM) bosqichi deb nomlanadi. Science jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot endi ushbu bosqichda "faol unutish" davri ham borligini aniqladi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, tushlarni unutib yuborishimiz miyamizni haddan tashqari ko‘p ma’lumot yuklanishidan himoya qiladi. Aslida bizning tushlarimizni yo‘q qiladigan neyronlar bizning ishtahamizni boshqarishga yordam beradigan neyronlardir.

Ushbu tadqiqotni olimlar bir guruh sichqonlarda sinab ko‘rdi va uxlab yotganlarida ularning miya faoliyatini kuzatdi.

Miyaning uxlaydigan oxirgi qismlaridan biri bu Gipokampus, har bir miya yarim sharining ichida joylashgan bo‘lib, ma’lumotni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga ko‘chirish uchun juda muhimdir. Gipokampus barcha qismlardan so‘ng uyquga ketar ekan, albatta barcha qismlardan so‘ng uyg‘onadi.

Ko‘p hollarda, tush bizning uzoq muddatli xotiramizga ko‘chib o‘tgandan ko‘ra, qisqa muddatli xotiramizda saqlanadi, chunki Gipokampus biz uyquda bo‘lganimizda to‘liq uxlamaydi.

Shu sababli tushimizning yorqin tafsilotlarini unutib yuboramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushni unutib yuborishimizning sababi aniqlandi