Eng yaxshi 100 o‘qituvchi sun’iy intellekt markazlariga yuboriladi

1 daqiqa o'qish173
Eng yaxshi 100 o‘qituvchi sun’iy intellekt markazlariga yuboriladi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish nafaqat texnika yoki infratuzilmaga, balki bilimli kadrlarga ham bog‘liq. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqda 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidladi.

Davlat rahbariga ko‘ra, sun’iy intellektning poydevori — matematika va informatika fanlaridir. Shu bois, bu sohada mutaxassislarni tayyorlashni maktabdan boshlash zarur. Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani dasturlariga sun’iy intellekt mavzulari kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universitetida bu yil 100 nafar, kelasi yil esa 1300 nafar sun’iy intellekt bo‘yicha trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular o‘z navbatida maktab va oliy ta’lim muassasalaridagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi.

Eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi har yili sun’iy intellekt sohasi rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuboriladi. Ular vazirliklar va hokimliklarning yetakchi kadrlari bilan teng darajada tanlanadi.

Bundan tashqari, “Bir million o‘zbek dasturchisi” tashabbusining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” dasturi boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil esa 500 minggacha yoshlar sun’iy intellekt asoslarini o‘rganadi.

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar va ularning ustozlari ham rag‘batlantiriladi. Ta’lim sohasida faol ishtirok etgan 500 nafar yoshga noutbuk, 100 nafar o‘qituvchiga 1 ming dollar, ikki ta’lim tashkilotiga esa elektromobil taqdim etiladi.

Prezident ta’kidlaganidek, sun’iy intellektni rivojlantirish mamlakat kelajagini belgilaydi. Shu bois, bu yo‘nalishdagi har bir o‘qituvchi — O‘zbekistonning intellektual taraqqiyotining asosiy tayanchiga aylanishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?