
Bugun, 21-oktyabr kuni, poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan kafelardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) bergan xabarga ko‘ra, hodisa soat 13:41 da Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan ovqatlanish maskanida yuzaga kelgan.
Yong‘in-qutqaruv guruhlari chaqiriq kelib tushganidan so‘ng 9 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Soat 13:56 da yong‘in to‘liq qurshab olingan va 13:58 da butunlay o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kafening dudburoni va uning qoplamasida yuzaga kelgan. Yonish maydoni 5 kvadrat metrni tashkil etgan. Eng asosiysi, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.
Toshkent shahar FVB voqea sabablarini aniqlash yuzasidan tergovoldi tekshiruvlarini boshlaganini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.