date

Qaysi viloyatlarda nikohlar soni keskin ko‘paygan va kamaygan?

Qaysi viloyatlarda nikohlar soni keskin ko‘paygan va kamaygan?

2024 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab 271 776 ta nikoh qayd etilgan. Bu har 1000 nafar aholiga o‘rtacha 7,3 ta nikoh to‘g‘ri keladi, degani.

Qiyos uchun aytadigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda – 6,1, Qirg‘izistonda – 6,2, Moldova va Belorusda – 5,1, Armanistonda ham – 5,1, Ozarbayjonda esa – 4,9 foizni tashkil etgan. Demak, O‘zbekiston qo‘shni va ayrim Yevropa mamlakatlariga nisbatan yuqori nikoh faolligiga ega.

Statistikaga ko‘ra, mamlakatimizda har ikki daqiqada bitta, har soatda o‘rtacha 31 ta va har kuni 743 ta yangi oila vujudga keladi.

Jami nikohlarning yarmiga yaqini shahar joylariga (136 713 ta yoki 50,3%), qolgan qismi esa qishloq hududlariga (135 063 ta yoki 49,7%) to‘g‘ri kelgan.

Nikohlar soni bo‘yicha yetakchi viloyatlar — Qashqadaryo (8,1%), Xorazm (8,1%) va Surxondaryo (8,0%) hisoblanadi.

Tuman va shaharlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Shayxontohur (10,8%), Bektemir (9,5%), Sergeli (9,3%), Termiz (9,3%), Ko‘kdala (9,2%), Bandixon (9,0%) va So‘x (9,0%).

Eng kam nikohlar esa Tomdi (3,2%), Mo‘ynoq (4,7%), Ohangaron (4,8%), Qorao‘zak (4,8%), Shumanay (5,0%) va Uchquduq (5,0%) tumanlarida qayd etilgan.

Shunday qilib, mamlakat bo‘yicha nikohlar sonida hududlar o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Bu esa aholi zichligi, turmush darajasi va ijtimoiy omillar bilan izohlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi viloyatlarda nikohlar soni keskin ko‘paygan va kamaygan?