Foto: “Otospektr.com”
Tumovga chalinish parvozni bekor qilishga jiddiy asos boʻlolmaydi. Shunga qaramay, rinit bezovta qilganida samolyot bortiga koʻtarilish — yaxshi fikr emas, deb yozadi “AIF”. Nima uchun, degan savolga esa otorinolaringolog shunday javob beradi.
— Tumovni osmondan koʻra yerda oʻtkazish osonroq. Rinitga chalingan payt uchishga majbur boʻlganlar buni yaxshi bilishadi: hatto parvoz silliq kechgan taqdirda ham, qoʻnayotganda quloqlarda chidolmaydigan darajada kuchli ogʻriq turishi mumkin. Odatda u bir soatdan bir kungacha davom etadi, — deydi ekspert.
Otorinolaringolog Kira Bazarkinaning izohlashicha, bejizga ogʻriq aynan qoʻnayotganda kelib chiqmaydi.
— Quloqlarimiz eshitish nayi orqali burun bilan bogʻlangan. Samolyot osmonga koʻtarilganda, burun-halqum va burun boʻshligʻidagi ozgina shish quloq teshigiga oʻtib, uni yopib qoʻyadi. Bunda quloq boʻshligʻida qolgan havo sekin-asta soʻriladi, undagi bosim pasayadi, quloq pardasi tortiladi. Parvozda buni deyarli sezmaymiz, biroq qoʻnayotganda, tashqi bosim keskin koʻtarilganda va quloq pardasiga taʼsir qilganda, u yanada qattiqroq tortiladi, natijada ogʻriq kelib chiqadi.
Tumov paytida uchishga majbur boʻlib qolgan odamlarga shifokor quyidagi tavsiyani beradi:
— Men bemorlarga parvozga oʻzi bilan birga tomirlarni toraytiruvchi birorta sprey olib ketishni maslahat beraman. Quloqlaringiz odatda qachon bitishini eslang: uchayotgandami yoki qoʻnayotganda? Agar qoʻnayotganda bitsa, bir soat oldin tomirlarni toraytiruvchi preparatdan foydalaning. Bordi-yu, bezovtalik uchayotganda kuzatilsa, dorini parvozdan bir soat oldin qoʻllang. Ana shu oddiy usul orqali burun boʻshligʻi va quloq teshigidagi shishni bartaraf eta olamiz. Shunda butun parvoz davomida ichki va tashqi bosim bir xil boʻladi va sayohatingiz maroqli kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”