Suvning haddan ko‘p iste’moli oqsilning parchalanishi darajasini oshiradi va organizmdan vitaminlar hamda foydali mikroelementlarning yuvilib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunda yurak-tomir va siydik chiqarish tizimi zo‘riqadi. Bu haqda rossiyalik mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori Alla Pogojeva ma’lum qildi.
Mutaxassis suyuqlik iste’moli me’yori kuniga 2,5 litrni tashkil qilishini eslatib o‘tgan. Bu hajmdan bir litrini ovqatlanish vaqtida turli mahsulotlardan olamiz, qolgani esa erkin suyuqlik, misol uchun sho‘rva va sut hisobiga to‘ldiriladi.
“Qattiq yegulikda bo‘lmagan ushbu ichimliklar, shuningdek, qahva, qora choy va boshqalar ratsion tarkibiga erkin suyuqlik ko‘rinishida kiradi va kuniga 1500-2000 mlni (6-8 stakan) tashkil qilishi lozim”, deb aytgan Pogojeva.
Olimaning ta’kidlashicha, ichimliklar ta’mi ham muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun, nordon morslar, ko‘k choy, kvas va mevalardan tayyorlangan ichimliklar so‘lak ajralishini qo‘zg‘atib, tashnalik hissini kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi