
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha ish olib borilayotganini tasdiqladi. "Biz Erik Garsiya bilan yangi shartnoma tuzish ustida ishlayapmiz.
Uning so'nggi vaqtlardagi o'sishi va ishonchli o'yinlarini hamma ko'rmoqda. Erik ajoyib o'yin o'tkazdi", – dedi Flik matbuot anjumanida.
Shanba kuni 24 yoshli futbolchi "Kamp Nou" stadionida "Atletik Bilbao"ga qarshi bahsda 74 daqiqa maydonda harakat qilib, jamoasining 4:0 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi. Ispaniyalik universal futbolchining, himoya va yarim himoya pozitsiyasida harakat qiluvchi, amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalarida yakuniga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.