date

Aktrisa Saida Rametovaning uyida nevarasining unutilmas to‘y lahzalari (video)

Aktrisa Saida Rametovaning uyida nevarasining unutilmas to‘y lahzalari (video)

Instagram ijtimoiy tarmoqlarida aktrisa Saida Rametovaning uyida 21 noyabr kuni bosh nevarasi Sarvaraoy va uning kuyovi Azizbekning to‘y marosimi bo‘lib o‘tganligi aks etgan video keng tarqaldi. Shu bilan birga, aktrisa o‘zining shaxsiy sahifasida nevarasi Sarvaraoy bilan birga tushgan fotolavhalarni ham ulashdi.

Fotolavha ostiga: "Yuragimning bir parchasi, qalbimning bir bo‘lagi, uyimning rayhoni, xonadonim farishtasi oy qizim...Seni yangi uyingga kuzatish bizni ham quvonchga, ham sog‘inchga to‘ldirdi. Yuragimda so‘z bilan ta'riflab bo‘lmas hislar o‘tdi. Sarvaraoy qizim borgan xonadoning seni bizday ardoqlashi va asrashini tilab qolaman!" deya yozib qoldirdi.

Marosim davomida Saida Rametova nevarasini mehr bilan quchoqlab, unga chin dildan shirin tilaklar bildirdi hamda duo qilib xayrlashdi. Barcha mehmonlar Sarvaraoy va Azizbekni tabriklab, yangi hayot yo‘lida baxt, sog‘liq va omad yor bo‘lishini tilashdi.

Ushbu to‘y nafaqat oilaviy quvonch va samimiylik bilan o‘tib, balki mehr-muhabbat va do‘stlik ruhini ham aks ettirdi. Saida Rametovaning mehribon buvijon sifatidagi iliq munosabati, nevarasiga bo‘lgan sevgisi mehmonlarda va tomoshabinlarda unutilmas iliq taassurot qoldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Saida Rametovaning uyida nevarasining unutilmas to‘y lahzalari (video)