
Liverpul jamoasi oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda Nottingem Forestga 0:3 hisobida yutqazib, muxlislarini xafa qildi. Bungacha Arne Slot boshchiligidagi jamoa oʻtgan turda Manchester Siti mehmoni boʻlib, xuddi shu hisobda magʻlubiyatga uchragandi.
Opta maʼlumotlariga koʻra, Liverpul Angliya chempionatida 60 yildan beri ilk marta ketma-ket ikkita yirik magʻlubiyatga uchradi. Oxirgi bunday holat 1965-yilda sodir boʻlgandi.
Endi Liverpul Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi oʻz uyida boʻlib oʻtadigan oʻyinga tayyorgarlik koʻradi. Ushbu uchrashuv chorshanba, 26-noyabr kuni oʻtkaziladi.
Shundan soʻng Arne Slot jamoasi Premer-liganing safar uchrashuvida Vest Xemga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Londonda yakshanba, 30-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.