Yan Zommer Mayk Menyan haqida gapirdi

Milan derbisi arafasida "Inter" darvozaboni Yan Zommer "Milan" darvozaboni, fransiyalik Mayk Menyan haqida iliq fikr bildirdi. Zommerning fikriga ko'ra, Menyan tajribali va kuchli darvozabon.
"U - ajoyib darvozabon, shuningdek, yaxshi inson. Ammo derbi - bu Zommer va Menyan o'rtasidagi o'yin emas, balki "Inter" va "Milan" o'rtasidagi bahs", - deya Zommerning so'zlarini keltirdi fcinter1908.it.
Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan 2021 yildan beri "Milan" safida to'p surib, jamoa bilan Italiya chempioni bo'lgan. Yan Zommer esa faoliyatining katta qismini Germaniyada o'tkazgan va o'tgan yildan beri "Inter" safida o'ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing