06:30 / 18 февраля 2020
2 008

Insoniyatga ko‘rlik epidemiyasi xavf solmoqda. Bunga gadjetlar sabab bo‘lishi mumkin

Insoniyatga ko‘rlik epidemiyasi xavf solmoqda. Bunga gadjetlar sabab bo‘lishi mumkin
Ispaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, zamonaviy avlod bir necha yil ichida global ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish muammosiga duch kelishi mumkin.
Bu haqda belnovosti.by yozmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu gadjetlar bilan bog‘liq. Hozirgacha ekran nurining insonga qanday ta’sir ko‘rsatgani noma’lum edi. Ammo ko‘zga qanday ta’sir qilishi aniq bo‘ldi.

Olimlar laboratoriya kalamushlarida tadqiqotlar o‘tkazishdi. Muntazam ravishda ularning ko‘zlariga smartfonlarning nurlanishiga o‘xshatib yaratilgan qurilma tushirib turildi.
Shunday qilib, uch oydan keyin hayvonlar ko‘rish qobiliyatini yo‘qota boshlashdi. Bundan tashqari, ularda ko‘z kasalligi — katarakta ham rivojlandi.

Ekran odamga xuddi shunday ta’sir qiladi. 15 yildan keyin birinchi marta mobil va noutbuklardan foydalanishni boshlagan katta avlod muammolarga duch kela boshlaydi. Va keyinchalik bu butun insoniyatga ta’sir qiladi.
Ayni paytda mutaxassislar bunga qarshi choralar ustida izlanishlar olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)