13:11 / 28.03.2020
4 434

Siz qaysi birini afzal ko'rasiz?

Siz qaysi birini afzal ko'rasiz?
Biz kundalik yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lib, ko‘pincha o‘zimizga vaqt ajratolmay qolamiz, ammo hayotni yanada go‘zal qilish, yashashga ishtiyoqimiz, umidlarimiz ortishi uchun, bizni qiziqtirgan, zavq va hordiq beradigan yumushlar bilan shug‘ullanishimiz lozim. Buning uchun esa o‘zimiz haqimizda ko‘proq bilimlarga ega bo‘lish foydalidir.

1. Tinchlik va osoyishtalik doimiy hamrohingiz. O‘zingizdek sokin insonlarni yaxshi ko‘rasiz. Insonlarga yordam berishdan xursand bo‘ladigan olijanob insonsiz. O‘zgalar bilan til topishishda qiynalmaysiz, ammo ularning qiziqishlari sizning xarakteringizga mos bo‘lsa, siz uchun ayni muddao. Siz hammaga yaxshilik qila olasiz. Muloyim va ochiq tabiatingiz tufayli ko‘plab do‘stlaringiz bor.

2. Siz juda aqlli va qat’iyatlisiz. Do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan daqiqalardan zavqlansangiz ham, ular sizni ajratib qo‘yishga moyildir, chunki siz bo‘sh vaqtingizni o‘zingiz bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘rasiz, bu yomon emas. Biroq, atrofingizdagi odamlarga ular siz uchun qanchalik muhimligini bildirishga harakat qiling, chunki bu yaqinlaringiz bilan munosabatingizni mustahkamlaydi.

3. Siz mustaqilsiz. O‘zingizning maqsadlaringiz va orzularingizni doimo amalga oshirasiz, hatto bu mushkul bo‘lsa ham. Muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz yengilishni tan olmaysiz, yiqilishdan qo‘rqmaysiz. Yetakchilik qobiliyatingiz ham bor. E’tibor qilishingiz kerak bo‘lgan yagona narsa bu do‘st tanlashda adashmaslik.

4. Siz boshqalardan farqli kuchli fe’l-atvor egasisiz. Siz tasavvuri boy insonsiz. Muammolarni ustalik bilan hal etasiz. Atrofingizdagilar bir ko‘rishda har doim ham sizni yoqtiravermaydi, chunki sizning fe’l-atvoringiz sizni kuchli va avtoritar deb o‘ylashlariga undaydi, lekin bir marta sizni yaxshiroq bilib olish imkoniyati paydo bo‘lsa, aslida qanday inson ekaningizni yaxshiroq bilib olishadi. Sizning kuchli va ta’sirchan shaxsingiz tufayli boshqalar mavjudligingizni osongina sezishadi. Sizni aldash oson emas. Siz o‘zingizdan ko‘p narsani talab qilasiz va mukammallikni yaxshi ko‘rasiz.

5. Siz ta’sirchan, bemisl ijod va boy tasavvurga ega bo‘lgan san’atkorsiz. Biroq, ba’zida siz o‘zingizning mahoratingizga ishonmaysiz va bu sizning o‘sishingizga imkon bermaydi. Muvaffaqiyatsizliklar shunchaki qo‘rquv tufayli ekanligini anglamaysiz. Siz barkamol odamsiz va har doim eng yaxshisini berishga harakat qilasiz va boshqalardan ham shunday munosabatni kutasiz. Qobiliyatlaringizni yuzaga chiqaring.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz qaysi birini afzal ko'rasiz?