19:06 / 17.05.2020
3 402

Iftorlikka ozarbayjoncha «Shoh-palov» tayyorlaymiz

Iftorlikka ozarbayjoncha «Shoh-palov» tayyorlaymiz
Iftorlikka oila a’zolaringizga noodatiy ozarbayjoncha taom — «Shoh-palov» pishirib, ularni xushnud eting.

Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

- Guruch — 600 gr;⠀
- Go‘sht — 500 gr (iloji bo‘lsa, qo‘y go‘shtidan foydalanish tavsiya qilinadi); ⠀
- Piyoz — 300 gr;
- Sabzi — 1 dona;
- Quritilgan o‘rik — 100 gr;
- Mayiz — 100 gr;
- Anjir — 100 gr;
- Eritilgan sariyog‘ — 100 gr;
- Lavash xamiri — (o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan yupqa xamirdan ham foydalanish mumkin);
- Zarchiva (kurkuma) — 1 choy qoshiq;
- Tuz, murch va oshga solinadigan ziravorlar — ta’bga ko‘ra.

Tayyorlanish jarayoni:

- Taom tayyorlashni, erigan sariyog‘da go‘shtni qovurishdan boshlang, qizarganidan keyin piyoz, sabzi qo‘shing.
- Ta’bga ko‘ra tuz, murch va ziravor qo‘shing.
- Mahsulotlarni botadigan darajada ozroq suv solib qaynating.
- Qaynab chiqqanidan keyin olovni pasaytiring va go‘sht yumshoq pishishi uchun 30 daqiqa dimlang.
- Quritilgan o‘rik, mayiz va anjir qo‘shib aralashtiring.
- Guruchni 5-7 daqiqa davomida qaynagan suvda pishirib oling.
- Lavash xamirini 5 santimetr qalinlikda kesib oling, uzunligi qolsin.
- Yaxshilab sariyog‘ surting.
- Xamir yopishib qolishini oldini olish uchun, ​qozon yoki tovoqning ichi va tashqi tomoniga ham sariyog‘ surting.
- Xamirlarni idishga aylantirib terib chiqing.
- Uning uchdan bir qismi idish tashqarisida bo‘lishiga (osh ustini yopish uchun), qolgan xamirlarni terganda orasi ochilmasdan biroz ustini yopishiga e’tibor bering.
- Xamirlar terilganda ochiq joy qolmasligi va yaxlit ko‘rinishi kerak.
- Go‘shtli aralashmaning yarmini xamir ustiga soling.
- Ustidan guruch va eritilgan sariyog‘ soling.
- Yuqoridagi singari takror go‘shtning qolgan qismini, sariyog‘ va guruch soling.
- Lavashning idish chetiga chiqqan qismi bilan osh ustini yoping va yaxshilab sariyog‘ surting.
- Idish ustini yopib, 200 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling.
- Taom tayyor, uni suratdagidek kesib dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iftorlikka ozarbayjoncha «Shoh-palov» tayyorlaymiz