Foto: «Larazon.co»
Vaqti-vaqti bilan organizmni tozalab turish kerak bo‘ladi, buning uchun esa ochlik e’lon qilish shart emas. Quyida salomatlik va tashqi ko‘rinishda ahamiyatli bo‘lgan organizmni tozalash usullariga to‘xtalamiz.
Organizmni zig‘ir urug‘i yordamida tozalang
Zig‘ir urug‘i salomatlik uchun muhim bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan, jigar va teri uchun foydali bo‘lgan zig‘ir urug‘i yordamida organizmdan zaharli moddalarni chiqarib yuborish, hazm faoliyatini yaxshilash va buning natijasida sog‘lom tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Ushbu mahsulotni tonggi nonushtadan yarim soat avval, bir osh qoshiq miqdorda chaynash va ketidan iliq suv ichish tavsiya qilinadi.
Suv yordamida tozalash
Mutaxassislar bejiz tongni 1 yoki 2 stakan iliq suv bilan qarshi olish kerakligini ta’kidlamaydi. Suv organizmdagi keraksiz moddalarni yuvishi, buyrak faoliyatini yaxshilashi va inson o‘zini yengil his qilishida ahamiyatli sanaladi. Kun davomida, ayniqsa bahor-yoz mavsumida suv ichishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Klechatkalar yordamida
Kundalik ratsioningizga sabzavot va mevalar kiriting. Organizm kerakli miqdordagi klechatkalarni qabul qilganidan keyingina tabiiy tozalanish ro‘y beradi. Meva-sabzavotlar, rezavorlar, yormalar va don mahsulotlari esa klechatkalar manbayi sanaladi va organizm faoliyati yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘proq vaqt toza havoda bo‘ling
Ha, yanglish o‘qiganingiz yo‘q, shunchaki toza havodan to‘yib nafas olib ham organizm, xususan, o‘pkani tozalash mumkin. Inson gaz va tutunlar, mashinalar, ishlab chiqaruvchi korxonalardan uzoqda bo‘lgan, yam-yashil daraxt va o‘simliklar bilan o‘ralgan toza havoli joyda sayr qilganda organizm kislorod bilan to‘yinib, o‘pka keraksiz moddalardan xoli bo‘ladi.
Ratsiondan shakar, yog‘li va qovurilgan mahsulotlarni chiqarib tashlash orqali
Agar siz organizmni turli shlak va keraksiz moddalardan tozalashga qat’iyan qaror qilgan bo‘lsangiz, unda birinchi bo‘lib nima iste’mol qilishingizga, ratsioningizda fastfud va yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan ovqatlar bo‘lmasligiga, ko‘p miqdorda shirinlik yemaslikka e’tibor qarating. Shunda ko‘p vaqt o‘tar-o‘tmas natijadan ko‘zingiz quvnaydi, o‘zingizni oldingidan sog‘lom his qila boshlaysiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi