22:40 / 28.06.2020
4 395

Merilin Monro mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun amal qilgan 6 qoida

Merilin Monro mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun amal qilgan 6 qoida
Foto: Getty Images
XX asr go‘zallik timsollaridan biri bo‘lgan Merilin Monro tashqi ko‘rinishi mukammal bo‘lishi uchun nimalarga rioya qilgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Tiniqib uxlagan
Aktrisa uzoq vaqt davomida tiniqib uxlashni afzal bilgan va uyquga og‘ir adyol bilan yotgan. Kolorado universiteti mutaxassisi Grandin Templning tadqiqot davomida aniqlashicha, bu kabi adyol sifatli uyquning garovi hisoblanadi. Dam olish kunlari Monro uyg‘onganidan keyin o‘ziga kelib olish uchun 2 soat davomida karavotdan turmagan.

Shampun o‘rniga bolalar «prisipka»sidan foydalangan
Merilin har uch haftada soch rangini ochartirish muolajasini o‘tkazib turgani sabab ham uning sochlari siyraklashib ketgan va shu sabab tez-tez yuvib turgan. Quruq shampunga alternativ sifatida esa bolalar «prisipka»sidan foydalangan.

Foto: Getty Images
Chanel №5 iforidan foydalangan
Gollivud yulduzi xushbo‘y iforlardan foydalanishni, ayniqsa Chanel №5 atirini juda ham yaxshi ko‘rgan. Monro yurgan yerlardan aynan o‘sha ifor hidi ufurib turgan.

Hech qachon quyoshda toblanmagan
Erta qarish va ajin tushishning oldini olish maqsadida quyosh nuridan saqlanishga harakat qilgan. Bundan tashqari, teri go‘zalligi uchun namlantiruvchi kremlardan muntazam foydalangan.

Foto: Arthipo
Makiyajda «Vazelin»dan foydalangan
Merilin makiyaj qilishdan avval surtiladigan praymer o‘rniga hamda yanoq va qovoqlarni yaltirab turishi uchun «Vazelin»dan foydalangan.

Foto: Harper’s Bazaar
Labini bo‘yashda och va to‘q «pomada»lardan foydalangan
Monro lablarini chiroyli ko‘rinishi uchun chetlarini to‘q, o‘rtasiga ochroq va eng o‘rtasiga eng och rang «pomada»dan foydalangan. Bu uning lablarini kattaroq qilib ko‘rsatgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Merilin Monro mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun amal qilgan 6 qoida