13:18 / 05.08.2020
3 125

Nima uchun soch to‘kiladi? Sabablar va yechimlar

Nima uchun soch to‘kiladi? Sabablar va yechimlar
Foto: Cosmo online
Soch to‘kilishi – bu har kuni har kim bilan ro‘y beradigan hodisa. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi kuniga o‘rtacha 80 tola soch yo‘qotarkan. Eng qizig‘i, bu insonga umuman sezilmaydi. Ammo soch ko‘proq to‘kilayotgan bo‘lsa, demak, buning jiddiy sababi bo‘lishi mumkin.

Ushbu muammo ayollar orasida ham ancha kengaygan, ularning aksariyati soch to‘kilishi hamda siyraklashishidan norozi. Lekin bu borada ortiqcha tashvishlanishning keragi yo‘q. Ba’zan barcha yo‘qotilgan narsalar o‘rnini yangisi egallaydi. Faqatgina talab etiladigan jihati shuki, siz muammoning sababi va yechimi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz zarur.

Foto: Cosmo online
Irsiyat bilan bog‘liq
Agar sochlarning siyrakligi, hajm jihatdan kamligi irsiyatga ko‘ra bo‘lsa, vaqt o‘tib borgan sari bu yaqqol sezilib qoladi. Gohida ayrim soch tuxumdonlari erkaklik gormonlariga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham ingichka va qisqa tolali sochlar o‘sishni boshlaydi.

Reaktiv sabablar
Inson organizmida gormonal nomutanosiblik, vitamin yetishmasligi, tushkunlik, betartib ovqatlanish kabi hollarda ham soch bilan bog‘liq muammolar ko‘payib boraveradi.

Sochning o‘sish jarayonida asosan gormonlar muhim rol o‘ynaydi. Estrogenlar (ayol gormoni) sochni tez va yaxshi o‘sishiga yordam bersa, androgenlar (erkak gormoni) o‘sish siklini qisqartiradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, endokrin kasallik tufayli androgenlarning ortishi yuz beradi.
  • Tushkunlik, asabiylik erkak gormonlarining darajasini oshiradi. Shuningdek, ovqatlanish jarayoni va unda yo‘l qo‘yadigan xatolar ham bularning yana bir sababidir.
  • Anemiya – temir moddasining tanqisligi ayniqsa sochlar uchun yaxshi emas, sababi ushbu modda ularning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan oqsillarni ishab chiqaradi.
  • Qalqonsimon bezdagi muammolar tabiiyki, modda almashinuvi va gormonal o‘zgarishlarga olib keladi. Natijada u soch tuxumdonlariga zarar yetkazadi.
  • Organizmdan B12 vitaminining yetishmasligi tanada kislorodni olib yuradigan qizil qon tanachalariga ta’sir o‘tkazadi. Ushbu elementning yetishmasligi ham sochlarda aks etadi.

Sochlarni tiklash uchun nima qilish kerak?
Eng avvalo, sochdagi muammo organizmning qaysi a’zosi bilan bog‘liq ekanini aniqlash kerak. Bir tola sochning hayot sikli uch oyni tashkil etadi. Demak, ularning to‘kilishi to‘satdan boshlanmaydi va to‘xtab ham qolmaydi. Agar uch oy mobaynida ham vaziyat yaxshilanmasa, trixolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Ovqatlanish rejimi ham sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Kundalik ratsionga oqsilga boy bo‘lgan ozuqalarni kiritish ham foyda beradi. Sababi, oqsil sochning zaruriy moddasi hisoblanadi. Tarkibi ugevodga boy bo‘lgan mahsulotar ham soch o‘sishi uchun quvvat beradi. Soch tolalarini mustahkamlashga temir, B12, C, D3 vitaminlari, L-lizin va L-metionin aminokislotalari yordam beradi.

Foto: Cosmo online
Unutmang, dastlab soch yaxshi parvarish qilinsa, yuqoridagi muammolar kelib chiqmaydi. Soch sun’iy usullar bilan turmaklanganda, quritgich, dazmol va shunga o‘xshash vositalardn foydalanilganda ham tez to‘kiladi hamda hajm jihatdan kamayib boraveradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun soch to‘kiladi? Sabablar va yechimlar