23:43 / 29.10.2020
3 101

Organizmda vitamin yetishmovchiligidan darak beruvchi alomatlar

Organizmda vitamin yetishmovchiligidan darak beruvchi alomatlar
Foto: «Euorodon.ru»
Avitaminoz yoki gipovitaminoz − umuman olganda juda keng tarqalgan muammo bo‘lib, ayniqsa, kuz faslida vitamin yetishmasligi har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq dolzarb bo‘lib qoladi. Vitamin yetishmasligi atrof-muhit omillari ta’siri, organizm uchun zarur bo‘lgan vitaminlar kamligi, noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladi.

Shuningdek, vitamin yetishmovchiligi quruq teridan tortib, tomir tortishigacha bo‘lgan turli xil alomatlar orqali namoyon bo‘ladi. Quyida vitamin yetishmasligining 6 ta belgisi haqida batafsil ma’lumot bilan tanishing.

Teri bilan bog‘liq muammolar
Birinchidan, vitamin yetishmasligi terining holatiga ta’sir qiladi. Namlantirish vositasidan qancha ko‘p foydalanilgan taqdirda ham teri quruq va mayda toshmalardan iboratligicha turaveradi. Bundan tashqari, avvallari bunday holat kuzatilmagan bo‘lsa-da, yuzda husnbuzar va qizarishlar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha, bunday o‘zgarishlar C va E vitaminlari yetishmasligini ko‘rsatadi. Chunki ushbu vitaminlar tufayli teri namlanadi, oziqlanadi va kollagen ishlab chiqaradi.

Shish
Shish juda ko‘p holatlar sababidan bo‘lishi mumkin. Masalan, yetarli miqdorda suyuqlik ichmaslik, ortiqcha tuz, spirtli ichimliklar va shakar iste’mol qilish. Ammo kuniga 2,5 litr suv ichish va yuqoridagi mahsulotlar iste’molini to‘xtatishdan keyin ham shish yo‘qolmasa, muammo katta ehtimollik bilan vitamin yetishmasligidandir.

Mushaklar zaifligi
Vitamin yetishmasligining yana bir alomati bo‘g‘imlarning to‘satdan zaiflashuvi, uyqusizlik, barmoq uchi yorilishi, harakatning sustlashuvidir. Ushbu alomatlar ancha jiddiy vitamin yetishmasligidan darak beradi. Shuning uchun yuqoridagi alomatlar paydo bo‘lganidan darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Sochlar va tirnoqlar mo‘rtlashuvi
Vitamin yetishmasligi tufayli tirnoqlar xira va mo‘rt bo‘lib qoladi. Ularni parvarishlaydigan mahsulotlar bunga yordam bermaydi. Vitamin yetishmasligidan tirnoq plastinkasining oqarishi, chuqurcha yoki dog‘lar paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu davrda sochlarning ko‘p to‘kilishi, xiralashi kuzatiladigan holat hisoblanadi.

Yomon konsentratsiya
Vitamin yetishmasligi hattoki asab tizimiga ham ta’sir qiladi. Ish unumdorligining pasayishi, diqqatni jamlash va xotiraning sustligi, charchoq va asabiylik kuzatilishi mumkin. Agar ilgari qilingan ishning uchdan biriga ham kuch yetmasa, demak, shifokor ko‘rigidan o‘tish vaqti kelgan.

Oshqozon buzilishi
Organizmda ovqat hazm qilish tizimi tanadagi vitamin va minerallarga juda sezgir. Agar bu muvozanat buzilgudek bo‘lsa, oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar ehtimoli katta. Oshqozon og‘rig‘i, ich qotishi va diareya vitamin yetishmasligining belgisi sifatida qaraladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmda vitamin yetishmovchiligidan darak beruvchi alomatlar