13:46 / 03.04.2021
2 341

Ayollarda 50 yoshdan keyin kuzatilish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8 kasallik

Ayollarda 50 yoshdan keyin kuzatilish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8 kasallik
Foto: Freepik
Aksariyat hollarda 50 yoshdan keyin ayollarda menopauza kuzatiladi. Uning ortidan salomatlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolar ham kelib chiqadi.

Osteoporoz
Menopauzadan keyingi yillarda suyak va bo‘g‘inlar mo‘rtlashib boradi. Menopauza vaqtida keskin kamayadigan estrogen gormoni suyaklar mustahkamligida muhim rol o‘ynagani tufayli ham ushbu davrdan keyingi 5 yilda ayollar suyagining og‘irligi kamayadi. Aynan shu sabab ham salomatlikka befarq bo‘lmasdan, muntazam ravishda kalsiy qabul qilish, mashqlar bajarib turish va spirtli ichimliklarni iste’molidan tiyilish kerak.

Milklar kasalligi
Estrogenning kamayishi milk va tishlar ahvoliga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Aynan shu sabab ham menopauzadan keyin aksariyat ayollar milkdagi og‘riq va ta’m bilishda muammo paydo bo‘lishidan shikoyat qiladi. Shuning uchun og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga e’tibor berish va vaqti bilan bilan shifokorga tashrif buyurish tavsiya qilinadi.

Apnoe
90 foiz hollarda apnoe ayollarda aniqlanmagani sabab ko‘pchilik uni erkaklarga xos deb o‘ylaydi. Ammo menopauzadan keyin aksariyat ayollar ushbu muammoga duch kelishi mumkin. Xurrak otish, kunduzi uyqu bosishi singari simptomlar bo‘lmagani uchun ko‘pchilik e’tibor bermaydi.

Qandli diabet
Menopauza 46 yoshdan 55 yoshgacha kuzatiladigan ayollarda qandli diabetga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, estrogen yetishmasligi insulinga ta’sir qilmay qolmaydi.

Yurak kasalliklari
Tuxumdonlarda ishlab chiqariladigan estrogen yurak salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Yaxshi xolesterin miqdorini ko‘paytirib, yomonini kamaytiradi, qon tomirlarni kengaytirib, qon bosimining me’yorda bo‘lishini nazorat qiladi. Menopauzadan keyin yurak kasalliklarining kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. 46 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan har sakkizinchi ayol yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadi. Aynan shu sabab ham infarktning dastlabki simptomlarini bilish, qolaversa, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish muhim sanaladi.

Sut bezi saratoni
Yosh o‘tgan sayin sut bezi saratoniga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. 30 yashar ayolda yaqin o‘n yilda kasallikka chalinish xavfi 1:227 bo‘lsa, 60 yoshda 1:28, deyarli 10 marta ko‘p bo‘ladi. Vazn ortishi esa xavfni yanada ko‘paytiradi.

Siydik yo‘li kasalliklari
Estrogen miqdorining kamayishi siydik devorlarining o‘tkazuvchanligi yomonlashishiga, peshob tutishga ta’sir qilmay qolmaydi.

Jigar kasalliklari
Menopauzadan keyin jigar to‘qimalarining spirtli ichimlik, infeksiya va ortiqcha yog‘dan keyin tiklanishi qiyin kechishi mumkin. Aynan shu sabab ham 55 yoshdan keyin ratsionga e’tiborli bo‘lish va zararli mahsulotlardan tiyilish muhim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollarda 50 yoshdan keyin kuzatilish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8 kasallik