Shirinliklar sog‘liq uchun zararli ekanligini har birimiz bolalikdan bilamiz. Shakarni ortiqcha iste’mol qilish nafaqat jismoniy, balki bir qancha psixologik kasalliklarga ham olib kelishi mumkin.
Ammo biz bularning barchasini faqat nazariy jihatdan bilamiz. Hech qanday cheklovlarsiz shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida eshitganmisiz?
Semirib ketish xavfi
Foto: Getty Images
Shirinliklar tarkibida juda ko‘p kaloriya mavjud. Aslida, tavsiya qilingan o‘rtacha me’yor 2000 kilokaloriya, masalan, chizkeykdagi bu miqdor kunlik qiymatning 41 foizini tashkil qiladi. Kuniga yana bir necha marta ovqatlanishni hisobga olsak, albatta, bu me’yordan ko‘proq kaloriya iste’mol qilasiz. Bu esa vaqt o‘tishi bilan vazn ortishiga olib keladi.
Tish bilan bog‘liq muammolar
Foto: Getty Images
Aslida, shakar ko‘pchilik o‘ylaganidek kariyesga sabab bo‘lmaydi. Lekin shakarning tish yuzasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan kislota ushbu muammoni yuzaga keltiradi. Agar iste’mol qilayotgan mahsulotlarga e’tiborli bo‘lmasangiz, tish kasalliklari uzoq kuttirmay, namoyon bo‘ladi.
Muammoli teri
Foto: Getty Images
Olimlar tomonidan sut, yuqori glyukemik ovqatlar va teri muammolari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sut va shirinliklar iste’moli teridagi toshmalarga sabab bo‘ladi.
Shakarga qaramlik hissi
Foto: Getty Images
Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish natijasida miya o‘zida kayfiyatni ko‘taruvchi kimyoviy modda — dofamin ajratadi. Olimlar shakar qaramlik hissini yuzaga keltirishi mumkinligi to‘g‘risida bir qarorga kelishmagan bo‘lsa-da, kalamushlar ustida o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ularda qaramlikning 3 alomati: ortiqcha ovqatlanish, semirish va alkogolga ishtiyoq paydo bo‘lgan.
Depressiya va xavotir
Foto: Getty Images
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, shakar tanadagi yallig‘lanishni kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida stress, xavotir va hatto depressiya kuchayishiga olib keladi.
Yurak va jigar kasalliklari
Foto: Getty Images
Shakar ichki organlarga ham ta’sir qiladi. Shirinlikni ko‘p iste’mol qilish jigar muammosi va hatto yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Buni ko‘plab tadqiqotlar tasdiqlaydi. Shu sababli salomatligingiz uchun ham shakar iste’molini kamaytirish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi