Foto: Dreamstime
Oddiy teriosti yog‘idan farqli ravishda visseral (ichki) yog‘ yurak kasalliklari, ikkinchi turdagi qandli diabet, insultga chalinish xavfini oshiradi, deb ogohlantiradi kardiologlar.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ichki yog‘ shamollash oqsillarini ishlab chiqaradi, natijada bu qon tomirlari, qon bosimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
«Qorincha» ovqatlanish va hayot tarzi haqida o‘ylash uchun jiddiy sababdir, deydi doktor Tiffani Pauell-Uayli.
Uning maslahat berishicha, ichki yog‘lardan xalos bo‘lish uchun harakatlanish kerak. Haftasiga 150 daqiqa jismoniy faollik yetarli.
Shifokorlar tez yurish, lo‘killab chopish, velosiped minish yoki suzishni tavsiya qilishadi. Agarda shifokor taqiqlamagan bo‘lsa, zinadan tez-tez ko‘tarilish ham foydali.
Shuningdek, shirin ichimliklar va shakardan voz kechib, ular o‘rniga kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish lozim. Bu suli, guruch yormalari, arpa, sitrus mevalar va olmadir. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘n gramm eruvchan kletchatka visseral yog‘ni 3,7 foizga kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi