16:19 / 03.05.2021
6 327

Turpning inson organizmi uchun foydasi va zarari haqida


Tanangiz madorsizlanayotganini sezayapsizmi, davosini uzoqdan axtarmang-da, uydagi bor mahsulotlarga diqqat qarating. Misol uchun, kuzda pishadigan qarsildoq turpga. U shamollashda asqotishini hammamiz bilamiz, ammo xotirani charxlashi, sariq kasalidan keyin jigarga eng kerakli quvvatdori bo‘lishi, sochlarni qalinlashtirishi va kamqonlikni samarali davolashidan bexabardirsiz. Kamsuqumgina sabzavot o‘zida shuncha sir yashirganiga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi. Axir unda barcha vitaminlar namoyon, kaliy va kalsiy, temir va magniy borligidan esa eng sara darmondori o‘rinini bosa olishiga shubha yo‘q.

Oshqozon-ichakka foydasi
Turp o‘t paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, ovqat hazm qilish bezlari faoliyatini yaxshilaydi, ichaklar peristaltikasi (oshqozon va ichaklarning to‘lqinsimon kerilish yoki siqilish harakati)ni yaxshilaydi, antisklerotik xususiyatga ega. Uning bu xususiyatlari ishtahani ochishda, ichaklar atoniyasi (mushak va to‘qimalar faoliyati tonusining pasayishi)ni davolashda, qabziyatda, xoletsistitda va o‘t pufagida paydo bo‘lgan tosh kasalliklarini davolash jarayonida foyda beradi.

Turp sharbati o‘pkani tozalaydi

Abu Ali ibn Sino turpning pishirilgani va sharbatini bronxit kasaliga chalingan bemorlarga tavsiya etgan. Pishirilgan turp shamollaganda, tomoq va o‘pka kasalliklariga chalinganda balg‘am ko‘chiruvhi vosita sifatida tanovul qilinadi. Shuningdek, mayda bo‘laklangan turpga shakar sepilib, qopqoqli idishda ikki soat duxovkada qizdiriladi. Hosil bo‘lgan suyuqlik sovitilib, ovqatdan oldin kuniga 2 choy qoshiqdan 3-4 mahal bolalarga ichirilsa, yaxshigina naf beradi.

Teri kasalliklarida qo‘llanilishi
Turpda mavjud bo‘lgan vitamin S, fosfor, sink va V gruppasiga kiruvchi ba’zi vitaminlar inson terisi uchun juda foydali. Unda mavjud bo‘lgan suv teri uchun zarur bo‘lgan namlikni saqlashga yordam beradi. Qirg‘ichdan chiqarilgan turpdan qilingan maska yuz terisini ajoyib ravishda tozalab, tiniqlashtiradi. O‘zining dezinfeksiyalovchi xususiyatlari sababli turp quruqshagan, toshma toshgan, yorilgan terini davolashda chiroyli yordam beradi, shuningdek yuz terisi hujayralarini yangilaydi.

Tana haroratini me’yorlashtiradi
Turp tana haroratini pasaytiradi, ko‘tarilgan harorat natijasida kelib chiqqan shamollashni olib bartaraf qiladi. Bunday holatda turp sharbatiga biroz tuz qo‘shib ichish foyda beradi. Ajoyib dezinfeksiyalovchi vosita sifatida turp shuningdek, haroratning ko‘tarilishiga sabab bo‘luvchi infeksiyalarga qarshi kurashadi.

Turp iste’moli to‘g‘ri kelmaydigan holatlar
Turp iste’moli to‘g‘ri kelmaydigan holatlar – bular jigar va buyraklarning o‘tkir shamollashi, ba’zi oshqozon kasalliklarida – masalan, gastritning giperatsid ko‘rinishida va ichaklarda, agar bu shilliq parda shamollashi bilan bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, ayrim yurak qon-tomir kasalliklarida turp iste’mol qilish mumkin emas.

Quyidagi hollarda turpni ko‘p miqdorda muolaja olish maqsadida iste’mol qilish mumkin emas:

Homiladorlikda:
  • Ichak (yo‘g‘on va ingichka) shamollashida;Oshqozon va o‘nikkibarmoqli ichak yarasida;Jigar va buyraklar (tosh paydo bo‘lgan holatdan tashqari) kasalliklarida;
  • Kislotalilik yuqori bo‘lgan gastritda;
  • Yaqinda infarktni boshidan kechirgan kishilarda turpni me’yoridan ortiq iste’mol qilish mumkin emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Turpning inson organizmi uchun foydasi va zarari haqida