20:35 / 18.05.2021
2 078

Kiprik to‘kilishing 5 sababi


Foto: Elle
Ko‘zlarni chang va zararlanishlardan himoya qiladigan kipriklarning to‘kilishiga nafaqat tashqi omillar balki salomatlik bilan bog‘liq muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Vitaminlar yetishmovchiligi
Parhez qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish va ratsiondagi mahsulotlarning balansda bo‘lmasligi kipriklar to‘kilishiga olib keladi. Kipriklar sog‘lom o‘sishi uchun: temir, magniy, A, B, E vitaminlari va biotin muhim sanaladi. Aynan shu sabab ham barra sabzavot va mevalar, baliq-go‘sht mahsulotlari, ko‘kat hamda yong‘oqlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish kerak.

Teri kasalliklari
Neyrodermit, gerpes, psoriaz va qovoqlar atrofida namoyon bo‘lgan boshqa kasalliklar noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Odam qo‘li bilan qashigan va tegingani sabab esa kipriklar to‘kila boshlaydi. Bunday vaqtda o‘zboshimchalik bilan davolanmasdan shifokorga murojaat qilish, vaqtincha makiyaj qilmay turish lozim.

Gormonal o‘zgarishlar
Gormonlar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, organizmda vitaminlar yetishmasligi esa kipriklar to‘kilishiga olib keladi. Bunday vaqtda kipriklar uchun zardob xarid qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.

Kiprik qayriltiradigan vositadan noto‘g‘ri foydalanish
Kipriklarni tush surtishdan avval «toza» vaqtida qayriltirish kerak. Bu qoidaga amal qilmaslik kipriklar strukturasiga zarar yetkazishi mumkin.

Sifatsiz tushdan foydalanish
Arzon, sifatli bo‘lmagan tushlar tarkibida teri va shilliq qavatga zarar yetkazadigan sintetik qo‘shimchalar hamda faol komponentlar bisyor bo‘ladi. Shu sabab ham xariddan avval tarkibini o‘rganish va ichiga yallig‘lanish keltirib chiqaradigan bakteriya hamda viruslar to‘planishini inobatga olib, har ikki-to‘rt oyda yangilab turish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kiprik to‘kilishing 5 sababi