23:06 / 31.08.2021
3 984

Nega tunda oyoq og‘riydi? Mushaklar spazmining sabablari

Nega tunda oyoq og‘riydi? Mushaklar spazmining sabablari
Foto: Pinterest
Yarim tunda oyoqlardagi og‘riq tufayli uyg‘onadigan kishilar ko‘pchilikni tashkil etadi: kattalarning qariyb 60 foizi bunday muammolarga duch keladi. Qizig‘i shundaki, shu paytgacha shifokorlar nima sababdan muskullar taranglashishi va og‘riq keltirib chiqishi borasidagi savolga aniq javob bera olmayapti. Ammo bir nechta sabablar ma’lum va ko‘p hollarda vaziyatni yengillashtirish mumkin.

Ortiqcha zo‘riqish
Mushaklarni muntazam ishlatish yaxshi natija beradi. Lekin ortiqcha zo‘riqtirish zamonaviy turmush tarziga mos kelmaydi, shuning uchun ham tunda og‘riqlar yuzaga keladi.

Noqulay holatda uxlash
Masalan, qorin va yuzni yerga berib yotishda mushaklar noqulay holatda bo‘ladi, hatto yengil harakat ham qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun yon tomonga qarab uxlash yaxshiroqdir.

Mavsum almashishi
Qizig‘i shundaki, oyoqlar qishga qaraganda yozda tez-tez og‘riydi. Sababi yoz faslida asab tugunlari faollashadi va D vitamini miqdori oshadi.

Suvsizlanish
Yozda kechasi mushaklarning spazmiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yana bir sabab suvsizlanishdir. Chunki organizm terlab, ko‘proq suv yo‘qotadi.

Juda faol mashg‘ulotlar
Og‘ir mashqlar ham oyoq og‘rig‘i bilan bog‘liq. Mushaklar haddan tashqari charchaydi va zo‘riqadi. Ko‘pincha professional sportchilar bundan aziyat chekadi.

Mikroelementlarning yetishmasligi
Mushaklar og‘rig‘ida kalsiy, magniy va kaliy yetishmasligi katta rol o‘ynaydi. Bu elementlar suv-tuz muvozanatini saqlaydi va tananing yaxshi ishlashiga yordam beradi.

Dori-darmonlarni qabul qilish
Ba’zi diuretik va anemiyaga qarshi dorilar mushaklarning spazmiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik
Homiladorlik ayolning qon aylanishi va asab tizimiga ta’sir qiladi va oyoqlarida og‘riqni keltirib chiqaradi.

Kasalliklar
Qandli diabet, tushkunlik va umurtqa kasalliklari boshqa alomatlar qatorida oyoq og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega tunda oyoq og‘riydi? Mushaklar spazmining sabablari