7 381
Zarina Yo‘ldoshevaning mehribonlik uyi haqidagi haqiqatlari va davlat bergan uyni rad etgani haqida
Kliplardagi ishtiroki orqali tanilgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva «Daryo» internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. U ota-onasining o‘limidan so‘ng mehribonlik uyida o‘tgan bolaligi, u yerdagi qiyinchiliklar va davlatdan tomonidan berilgan uyni nega rad etganligiga oydinlik kiritdi.
- "Ba’zan mehribonlik uyida o‘sgan bolalar mehrsiz bo‘ladi, degan gaplarni eshitib xafa bo‘lardim. Hayotda ota-onasining bag‘rida o‘sib ham mehrsiz bo‘lgan bolalar kam emas-ku? Mehribonlik uyida o‘sgan bola mehrsiz emas, aksincha mehrga chanqoq bo‘ladi. Istaymizmi, yo‘qmi mehribonlik uyida unga hamma begona, urilib-surilib katta bo‘ladi. Eng yaxshi deyilgan mehribonlik uyida ham tarbiyachilar bolalarga mehr bermaydi. Shuning uchun ham tashqaridagi insonlar unga ozgina mehr berishsa, quvonib ketishadi.
Mehribonlik uyining ham ichki tartib-qoidalari bor. Hatto ularning ba’zilaridan tarbiyachilar ham bexabar bo‘lishadi. Masalan, yoshi kichik bolalar katta bolalarning xizmatini qilishi kerak. Qoidaga bo‘ysunmagan bola, albatta, jazolanadi. Chaqaloqlik paytidan mehribonlik uyida ulg‘aygan bolalar anchayin agressiv bo‘lishadi", - deydi Zarina Yo‘ldosheva.
Shuningdek, aktrisa davlat tomonidan unga uy berilgani, biroq u uyni rad etgani hamda o‘z kuchi bilan kreditga uy olgani haqida ham so‘zlab berdi.
- "Menga ham hokimiyat tomonidan uy berish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan edi. O‘zim Toshkentda bo‘lganim uchun uni buvim ko‘rib keldi. Bizga berilgan uy qandaydir eski maktab binosida ekan, buvimning aytishicha, bu uyda eng muhtoj inson ham yashashi mushkul. Bunday xarob uyni olmay, imtiyozli kredit asosida ikki xonali uy sotib oldim", - deydi Zarina Yo‘ldosheva.
Ma’lumot uchun, Zarina Yo‘ldosheva 2000 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U «Men seni sevaman» (Yulduz Usmonova), «Bilmadi» (Ulug‘bek Rahmatullayev) va «Tor ko‘cha» (Ziyoda) kliplarida suratga tushgan. Ayni kunlarda esa «Milliy» telekanalida efirga uzatilayotgan «O‘jar homilador» serialida bosh rolni ijro etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi