date

Limonmi, lime'mi? Farqlarni bilib oling!

Limonmi, lime'mi? Farqlarni bilib oling!

Ko‘pchilik limon bilan lime’ni bir xil meva deb o‘ylaydi. Aslida ular qarindosh bo‘lsa-da, ta’mi, ko‘rinishi va foydasida sezilarli farqlar bor.

Limon — bizning dasturxonlarda eng ko‘p uchraydigan sariq rangli meva. Ta’mi nordonroq, sharbati ko‘p, ko‘proq choyga qo‘shiladi. Tarkibida S vitamini yuqori, immunitetni mustahkamlaydi va sovuqda yordam beradi.

Lime esa ko‘proq yashil rangda, hajmi kichikroq va ta’mi biroz achchiqroq hamda keskinroq. Tropik hududlarda mashhur bo‘lib, ko‘pincha kokteyllar, salatlar va dengiz mahsulotlariga qo‘shiladi. Lime tarkibida ham S vitamini ko‘p, lekin limonga qaraganda efir moylari kuchliroq, shu sababli hushbo‘yroq hisoblanadi.

Limon ham, lime ham sog‘liq uchun foydali. Farqi shundaki, limon bizga tanish va “oddiy” bo‘lsa, lime taomlarga o‘zgacha lazzat qo‘shuvchi ekzotik meva hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Limonmi, lime'mi? Farqlarni bilib oling!