date

Shotlandiyada “kichik o‘rmonlar” yaratilmoqda

Shotlandiyada “kichik o‘rmonlar” yaratilmoqda
Shotlandiyada shahar ichida maydoni kichik bo‘lgan o‘rmonlar barpo etilmoqda. Bu usul yapon olimi Akira Miyavaki tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bir necha yuzta mahalliy daraxt ko‘chatlari kichik hududga zich qilib ekiladi.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday o‘rmonlar havoni tozalash, suvni shimib olish va shahar iqlimini yumshatishda katta foyda keltiradi. Ularning aholiga yaqin joylashtirilishi odamlarni tabiat bilan bog‘laydi.

So‘nggi yillarda Buyuk Britaniyada yuzlab shunday o‘rmonlar paydo bo‘ldi. Shotlandiyada ular maktablar va shifoxonalar yaqinida ekilmoqda, bolalar va bemorlar esa daraxt ekish jarayonida ishtirok etmoqda.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, kichik o‘rmonlar biologik xilma-xillikni oshiradi va ekologiya uchun foydali hisoblanadi. Mutaxassislar bu tashabbusni shaharlarni yashil hududlarga boyitish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim qadam deb bilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Shotlandiyada “kichik o‘rmonlar” yaratilmoqda