Bugungi kunda fuqarolar plastik kartalaridagi pullarni bankomatlar orqali naqd pul qilish xizmatidan deyarli har kuni foydalanib kelmoqdalar.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududidagi ayrim banklarda naqd pul yechish bo‘yicha komissiya to‘lovlari 3 foizgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xo‘sh, O‘zbekistonga qo‘shni va boshqa ayrim xorijiy davlatlarda bankomatlar orqali naqd pul yechganlik uchun necha foiz komissiya to‘lovi amalga oshiriladi? Bu boradagi xorijiy amaliyot Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tahlil qilindi.
Aniqlanishicha, Qozog‘istonda kartadagi pullarni bankomatlar orqali naqd pul qilishda fuqarolarga ancha qulaylik yaratilgan. Ushbu davlatdagi ko‘plab banklarda kartadagi elektron pullarni bir oyda ma’lum bir miqdorgacha naqdlashtirishda komissiya to‘lovlari undirilmaydi, ya’ni tekin.
Masalan, «Altyn Bank»ka tegishli bo‘lgan «Gold» plastik kartadan fuqarolar 1 oyda 400 ming tenge (9 200 000 so‘m) miqdorigacha pulni komissiya to‘lovisiz naqdlashtirishlari mumkin, 400 ming tengedan ortiqcha qismidan 1% komissiya to‘lovi va 500 tenge (11500 so‘m) undiriladi.
Shuningdek, «Alfa-bank»ka tegishli bo‘lgan «Alfa Wow» plastik kartadan fuqarolar 1 oyda 500 ming tenge (11 500 000 so‘m) miqdorigacha pulni komissiya to‘lovisiz naqdlashtirish imkoniyatiga ega, 500 ming tengedan ortiqcha qismidan 0,95 % komissiya to‘lovi undiriladi.
Qirg‘izistonda ham kartadagi pullarni bankomatlar orqali naqdlashtirish uchun komissiya to‘lovining miqdori O‘zbekistonda belgilangan foiz stavkalaridan kamligini ko‘rish mumkin.
Masalan, «Elkart» deb nomlanuvchi plastik kartadan milliy valbtada pul naqdlashtirilganda maksimum 0,6 % gacha komissiya to‘lovi undiriladi. Komissiya to‘lovining miqdori naqdlashtiriladigan pul miqdoriga bog‘liq, biroq 0,6 %dan oshmaydi. Qirg‘izistonda aholining katta qismi ushbu kartadan foydalanishadi.
«Elkart» plastik kartasi qaysi bankda ochilgan bo‘lishiga qarab komissiya to‘lovi farqlanadi. Masalan, «Optima Bank»da ochilgan pulni bankomatlarda naqdlashtirish komissiya to‘lovisiz amalga oshiriladi, «Keremet bank»da ochilgan «Elkart» plastik kartasidan pul naqdlashtirilganda 0,3% komissiya to‘lovi undiriladi.
Rossiya Federatsiyasida agarda naqdlashtirish plastik karta ochilgan bankkaa (shu jumladan, filiallariga) tegishli bankomatlarda yoki ularning hamkorlariga tegishli bo‘lgan naqdlashtirish punktlarida amalga oshirilsa, komissiya to‘lovi undirilmaydi.
Plastik karta ochilgan bankdan boshqa banklarga yoki bankning hamkorlariga tegishli bo‘lmagan naqdlashtirish punktlarida kartalardan pul naqdlashtirilganda 1 foiz komissiya to‘lovi olinadi.
Germaniyada ham bankomatlarda naqd pul yechishning o‘ziga xos tizimi mavjud. Ushbu davlatda aholining katta qismi EC-karta («Electronic Cash») dan foydalanadi.
EC-kartasi ochilgan bankka tegishli bankomatlarda va ushbu kartani o‘qiydigan boshqa maxsus bankomatlarda kartadagi pullarni naqdlashtirish uchun komissiya to‘lovi undirilmaydi.
Qolgan bankomatlarda esa kartadagi pul naqdlashtirilganda har bir operatsiya uchun o‘rtacha 5 yevro undiriladi.
Litva va Estoniyada ko‘plab fuqarolar «Swedbank»da ochilgan bank kartalaridan foydalanadi va ular ushbu bankka tegishli bankomatlarda 1 oyda 600 yevrogacha pulni komissiya to‘lovisiz naqdlashtirishlari mumkin. Agarda limitdan oshsa, oshgan summa qismining 0,29% komissiya to‘lovi sifatida to‘lanadi. Agarda boshqa bankomatlarda pul naqdlashtirilsa, 2 %, biroq 3 yevrodan kam bo‘lmagan miqdorida komissiya to‘lovi undiriladi.
Xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, plastik karta qaysi bankda ochilgan bo‘lsa, o‘sha bankka tegishli bankomatlarda pul naqdlashtirilganda (1 oyda) ma’lum bir summagacha komissiya to‘lovi undirilmaydi va faqatgina belgilangan limitdan oshgan qismidan ma’lum bir summa komissiya to‘lovi sifatida undiriladi. Shuningdek, ayrim davlatlarda kartada pensiya va ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha mavjud pullar naqdlashtirilganda komissiya to‘lovi undirilmaydi.
Bozor munosabatlari toboro rivojlanib borayotgan O‘zbekiston hududida ham ushbu tajribani amaliyotga tatbiq etish davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga va aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Qahhor Jumayev,
Adliya vazirligi huzuridagi
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
mas’ul xodimi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Adliya vazirligi huzuridagi
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
mas’ul xodimi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...