«Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–91-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvargacha «Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi» va «Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri»ga kiritilgan hunarmandlar uchun:
- kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
- tovar belgilarini milliy ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta nomlandi va 2023 yil 15 iyundan hunarmandchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati (quyida keltirilgan) tasdiqlandi.
2023 yil 1 iyuldan:
- hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari sifatida jo‘natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo‘natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
- davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1 martgacha «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tutash hududda 0,3 gektar yer uchastkasida namoyish zali, «Usta-shogird» maktabi va ustaxonani o‘z ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etiladi va har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?