Asus yangi ROG NUC ixcham kompyuterini e'lon qildi

1 daqiqa o'qish191
Asus yangi ROG NUC ixcham kompyuterini e'lon qildi

"Asus" kompaniyasi ixcham o'yin kompyuterlari tarmog'i bo'lgan ROG NUC liniyasini yangilashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xitoyda e'lon qilingan may oyidagi yutuqli o'yin tizerida yangi ROG NUC qurilmasi sovrinlar qatorida ko'rsatilgan.

Taqdim etilgan suratga ko'ra, yangi qurilma tashqi ko'rinishidan joriy modelga juda o'xshaydi. Bu kompaniya korpus va sovutish tizimi konsepsiyasini o'zgartirmasdan, faqat apparat qismini yangilashini anglatadi.

Rasmiy xususiyatlar hozircha ma'lum qilinmagan. Biroq, mini-kompyuter Arrow Lake Refresh oilasiga mansub Core Ultra 200HX Plus protsessorlari bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Qurilma 24 yadroli Core Ultra 9 290HX Plus yoki 20 yadroli Core Ultra 7 270HX Plus protsessorlariga ega bo'lishi mumkin. Grafika qismida esa GeForce RTX 5080 Laptop video kartasi saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda.

Yangi "Asus" ROG NUC kompyuterining rasmiy premyerasi iyun oyi boshida Computex 2026 ko'rgazmasi doirasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?