date

Apple ikkinchi chorakda 111 mlrd dollar daromad ko'rdi

Apple ikkinchi chorakda 111 mlrd dollar daromad ko'rdi

"Apple" kompaniyasi 2026-moliya yilining ikkinchi choragi uchun hisobot e'lon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya ushbu davrda xizmatlar ko'rsatish, umumiy daromad va "iPhone" savdosi bo'yicha yangi tarixiy rekordlarni o'rnatdi.

Kompaniyaning choraklik daromadi o'tgan yildagi 95,4 milliard dollarga nisbatan 111,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Operatsion foyda 29,6 milliarddan 35,9 milliard dollarga o'sdi, sof foyda esa 29,6 milliard dollarga yetdi.

"iPhone" savdosi qariyb 22 foizga o'sib, 46,8 milliarddan 57 milliard dollarga ko'tarildi.

Shuningdek, "Mac" kompyuterlari savdosi 8,4 milliard dollarga, "iPad" savdosi esa 6,9 milliard dollarga yetdi.

Xizmatlar segmenti kompaniyaga 30,98 milliard dollar daromad keltirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple ikkinchi chorakda 111 mlrd dollar daromad ko'rdi