"Olden Era" o'yini bir sutkada 250 ming nusxada sotildi

"Olden Era" o'yini bir sutkada 250 ming nusxada sotildi
Qisqacha

\"Heroes of Might and Magic: Olden Era\" o'yini bir sutkada 250 ming nusxada sotilib, o'z ishlab chiqarish byudjetini qoplagan. Bu natija o'yinni Steam platformasida eng ko'p sotiladigan o'yinlar ro'yxatida birinchi o'ringa olib chiqdi. Hozirda 50 mingdan ortiq foydalanuvchi o'yinni o'ynamoqda va 3 mingdan ortiq ijobiy sharh qoldirilgan. Ushbu loyiha 2015 yildan beri chiqarilgan mashhur o'yinlar seriyasining birinchi qismidir.

Rossiyaning Unfrozen studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Heroes of Might and Magic: Olden Era" o'yini erta kirish bosqichida chiqqanidan so'ng bir sutka ichida o'z ishlab chiqarish byudjetini qopladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mualliflarning ma'lum qilishicha, dastlabki 24 soat ichida o'yinning 250 mingdan ortiq nusxasi sotilgan. Bu natija loyihaga Steam platformasidagi eng ko'p sotilayotgan o'yinlar ro'yxatida birinchi o'rinni egallash imkonini berdi.

Hozirgi vaqtda "Olden Era" o'yinini 50 mingdan ortiq foydalanuvchi o'ynamoqda. O'yinchilar tomonidan 3 mingdan ziyod sharh qoldirilgan bo'lib, ularning 90 foizdan ortig'i ijobiy baholangan.

Eslatib o'tamiz, ushbu loyiha mashhur o'yinlar seriyasining 2015-yildan beri chiqarilgan birinchi qismi hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar