O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yil avgust oyining 2-ish haftasida oltin narxi o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 25 000 so‘mga oshdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 125 000 so‘mga qimmatlashganini ko‘rsatadi.
Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):
Dushanba: +31200 so‘m
Seshanba: +17600 so‘m
Chorshanba: -14000 so‘m
Payshanba: -12200 so‘m
Juma: +2400 so‘m
Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.ldi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!