date

Bitcoin 65 000 dollargacha tushishi mumkin: Tahlilchilar ogohlantirmoqda

Bitcoin 65 000 dollargacha tushishi mumkin: Tahlilchilar ogohlantirmoqda

Agar Bitcoin narxi 70 000 dollarlik qoʻllab-quvvatlash darajasini saqlab qola olmasa, u fevral oyidagi yillik eng past koʻrsatkichlar sari shoʻngʻishi mumkin. MN Trading Capital asoschisi Michael van de Poppe oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Bitcoin hozirda hal qiluvchi nuqtada turganini va agar bu daraja boy berilsa, narx 65 000 dollardan pastga tushishini taʼkidladi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

CoinMarketCap maʼlumotlariga koʻra, Bitcoin (BTC) fevral oyi boshida 60 000 dollarlik yillik minimumga yetgan edi. Shundan soʻng aktiv tiklanib, 73 873 dollargacha koʻtarildi. Hozirda bozor ishtirokchilari oʻrtasida fevraldagi koʻrsatkich siklning eng quyi nuqtasi boʻlganmi yoki narx yana pastga qarab harakatlanadimi degan masalada bahslar davom etmoqda.

Tajribali treyder Peter Brandt mart oyida bergan prognozida 60 000 dollar joriy yilning eng past nuqtasi boʻlmasligi mumkinligini aytgan edi. Uning fikricha, Bitcoin sentyabr yoki oktyabr oylarida ushbu darajani qayta sinovdan oʻtkazishi yoki undan ham pastroqqa tushishi mumkin. Biroq, iqtisodchi Timothy Peterson yoz davomida narxlar biroz koʻtarilib, iyulning oxirgi haftasida oʻzining choʻqqisiga chiqishini taxmin qilmoqda.

Michael van de Poppe agar 71 000 dollarlik hudud tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qilsa, Bitcoin 76 600 dollargacha oʻsishi va bu butun kripto bozorida, ayniqsa Altcoinʼlar uchun ijobiy tendensiyani boshlab berishi mumkinligini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu holatda yangi rekordlar uzoq kuttirmaydi.

Shu bilan birga, Santiment Intelligence tahliliy firmasi Bitcoin ETFʼlaridan mablagʻlarning chiqib ketishi bozorning tub nuqtasiga yaqinlashayotganidan dalolat berishi mumkinligini bildirdi. 15-maydan buyon spot Bitcoin ETFʼlaridan jami 2,97 milliard dollardan ortiq mablagʻ olib chiqilgan boʻlib, umumiy aktivlar qiymati 104,29 milliard dollardan 94,17 milliard dollargacha kamaygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitcoin 65 000 dollargacha tushishi mumkin: Tahlilchilar ogohlantirmoqda