O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yil avgust oyining navbatdagi ish haftasida oltin narxi tushish tendensiyasini namoyon etdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 5800 so‘mga arzonlashdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 29 000 so‘mga arzonlashganini ko‘rsatadi.
Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):
Dushanba: +9400 so‘m
Seshanba: -8800 so‘m
Chorshanba: -4600 so‘m
Payshanba: +7200 so‘m
Juma: -9000 so‘m
Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.